31.01.2022 yildagi 1784-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning tavsiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda parlamentda sidqidildan mehnat qilib, uning faoliyatiga munosib hissa qoʻshayotgan, saylovchilar bilan doimiy muloqot oʻrnatish va xalq manfaatlarini himoya qilishda, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ijodkorligi va samarali parlament nazoratini amalga oshirishda faollik koʻrsatib, alohida natijalarga erishgan deputatlarni ragʻbatlantirib borish boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan tizimli ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ishining samaradorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish hamda qonunchilik tashabbusi huquqidan keng foydalanish, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini tiklashda parlament hamda deputat nazoratidan faol foydalanish va amaliy natijalarga erishish, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda davlat va jamiyatni rivojlantirishning strategik yoʻllarini belgilashda parlamentning rolini oshirishga salmoqli hissa qoʻshayotgan, quyi palatadagi ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan deputatlarni ragʻbatlantirish muhim omil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning tavsiyasini koʻrib chiqib hamda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharofiddin Xakimovich Nazarovga — “Adolatli deputat” maqomini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doniyor Avazovich Ganiyevga — “Xalqparvar deputat” maqomini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akshagul Abuyevna Tulegenovaga — “Mehnatkash deputat” maqomini berish toʻgʻrisidagi tavsiyasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati Ravil Salixovich Sabirjanovga “Faxriy deputat” maqomini berish toʻgʻrisidagi tavsiyasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga “Adolatli deputat”, “Xalqparvar deputat”, “Mehnatkash deputat”, shuningdek sobiq deputatiga “Faxriy deputat” maqomlarini berish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining muhokamasiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1784-IV-son