Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3143-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 31-yanvardagi 2019-07-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3143, 2019-yil 19-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 12-son, 235-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 3-fevral,
2022-04-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi A. IKRAMOV
2022-yil 22-yanvar
Moliya vaziri T. IShMETOV
2022-yil 27-yanvar
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2022-y., 10/22/3143-1/0137-son)