O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 21-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 3-fevralda ma’qullangan
Senat tomonidan 2022-yil 3-fevralda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 291-moddaning ikkinchi qismidagi “2021, 2241-moddalarida” degan so‘zlar “2021-moddalarida, 2241-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 2241-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzishni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etib, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi”;
3) 245-moddaning birinchi qismidagi “222, 2241, 2242-moddalarida” degan so‘zlar “222-moddasida, 2241-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 2242-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 2482-modda bilan to‘ldirilsin:
“2482-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ushbu Kodeksning 224-moddasida va 2241-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tarzida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga haqli”;
5) 287-moddaning 2-bandidagi “224, 2241, 2242-moddalarida” degan so‘zlar “224-moddalarida, 2241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2242-moddasida, 22721-moddasi birinchi qismida, 22723-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 291-modda birinchi qismining “e” bandidagi “224, 2241, 2242-moddalarida” degan so‘zlar “224-moddalarida, 2241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2242-moddasida, 22721-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 305-moddaning uchinchi qismidagi “2021, 2241-moddalarida” degan so‘zlar “2021-moddalarida, 2241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 3461-moddaning uchinchi xatboshisidagi “2241-moddasida” degan so‘zlar “2241-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 3462-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi” degan so‘zlar “Chegara qo‘shinlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-fevral,
O‘RQ-753-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/753/0133-son)