14.02.2022 yildagi PQ-127-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, shuningdek, gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlarida (keyingi oʻrinlarda — Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari) gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 200 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 100 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 50 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vazirligi (I. Maxkamov) Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik qilish jarayonida respublika hududida oʻtkazilayotgan sport musobaqalari, oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoa aʼzolarining ishtirokini taʼminlash uchun viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha (temir yoʻl va aviachipta) transport xarajatlariga 2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-sentabrga qadar chegirmalar joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tomonidan belgilanadigan homiy tashkilotlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqi uchun litsenziyani qoʻlga kiritishga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston sportchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida homiylik xayriya yordamini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablagʻlarni Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan toʻlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga ajratilgan pul mablagʻlaridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilganligi haqida har chorakda ularning hisobotini eshitib borish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiy tashkilotlarning tegishli boshqaruv organlari bir oy muddatda homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablagʻlarni tasdiqlangan reja-grafikka asosan toʻlab borish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qilsin, ajratilgan pul mablagʻlaridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatsin, natijalari haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (A. Aripov, A. Abduxakimov) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik qilish jarayonida yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan homiy tashkilotlarni mukofotlash choralarini koʻrsin, zarur hollarda taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sportni rivojlantirish vaziri A. Ikramov Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-mayga qadar — sportning dzyudo turini rivojlantirish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyunga qadar — sportning taekvondo (WT) va sport kurashlari turlarini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sportni rivojlantirish vaziri A. Ikramov Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi hamda tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda 2022-yil Pekin shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan XXIV qishki Olimpiya va XIII Paralimpiya oʻyinlari natijalaridan kelib chiqib 2022-yil 1-iyulga qadar 2026-yil Milan shahrida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalarning, shuningdek, ishtirok etiladigan sport turlarining sonini kamaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan kelishilgan holda Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi R.M. Shaabduraxmanov va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-127-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2022-y., 07/22/127/0130-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)