Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
24-iyul 1997-yili Cholpon-Ata shahrida davlat rahbarlari tomonidan imzolangan BMT qoʻllovidagi Markaziy Osiyo batalyoni harbiy xizmatchilarining maqomi toʻgʻrisida Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi kelishuv.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, mudofaa vaziri (Ahmedov) va Tashqi ishlar vaziri (Kamilov) mazkur kelishuvlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilishlarini taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 3-sentabr,
422-son