08.02.2022 yildagi PQ-123-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat muassasalari faoliyatida zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflik tamoyillarini joriy etish hamda xususiy kapital ishtiroki uchun keng imkoniyatlar yaratish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat muassasalari majburiy tartibda Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz rasmiy veb-saytlarida oʻzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasalarining hududlar va yuqori turuvchi organlari kesimidagi maʼlumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) veb-saytiga joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq maʼlumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda koʻrish imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvchi tashkiloti, koʻchmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa maʼlumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan maʼlumotlar mustasno) eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli “davlat muassasasi” ekanligi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xoʻjalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlariga tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlgan davlat muassasalarini 2022-yil 1-martdan 2023-yil 1-avgustga qadar eksperiment tariqasida tashqi, shu jumladan mol-mulkning mavjudligi, majburiyatlar bajarilishining amaldagi holati va oqibatlarini oʻrganish masalalari yuzasidan auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat muassasalariga xoʻjalik jamiyatlarini taʼsis qilishni hamda ularning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etishni taqiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat tender komissiyasi) davlat muassasalarini (bundan xususiylashtirilmaydigan davlat muassasalari mustasno) xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish, shuningdek, davlat muassasalarini tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun muassislarga koʻrsatma va takliflar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat tender komissiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda faoliyat koʻrsatmayotganligi sababli tugatiladigan davlat muassasalari roʻyxati va ularni tugatish jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha davlat muassasalarini xatlovdan oʻtkazib, ularning daromad keltiradigan faoliyatini koʻrib chiqqan holda tashkiliy-huquqiy shakllari qonunchilik hujjatlariga mosligini oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini va ularga tegishli nosohaviy aktivlarni xususiylashtirish yoki ularni belgilangan tartibda tugatish boʻyicha choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yildan boshlab, har yili 1-mayga qadar davlat muassasalari faoliyatini tahlil qilib, bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini xususiylashtirish yoki tugatish boʻyicha takliflarni Davlat tender komissiyasiga kiritib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “DMBAT”) budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy majmuaga (keyingi oʻrinlarda — “UzASBO”) integratsiya qilgan holda, ushbu tizimlardan mazkur qarorning 1-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda har bir davlat muassasasiga Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-aprelga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Agentlik, Davlat xizmatlari agentligining maʼlumotlar bazalarini “DMBAT” va “UzASBO”ga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-aprelga qadar oʻz tarkibidagi davlat muassasalarining qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat boji undirilmasdan Davlat xizmatlari markazlarida roʻyxatdan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tarkibidagi davlat muassasalarining moliyaviy koʻrsatkichlari, jumladan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlari boʻyicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari boʻyicha esa keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar Agentlikning axborot tizimida joylashtirib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda tugatilgan davlat muassasalari va korxonalariga tegishli boʻlgan, Agentlik va Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi aksiya paketlari roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisidan kelib chiqib, eksperiment natijalarini puxta tahlil etgan holda davlat muassasalarini majburiy tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar davlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini hamda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-oktabrga qadar axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 8-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-123-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2022-y., 07/22/123/0110-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)