Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3179-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022-yil 13-avgustdagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3381, 24.08.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2019-yil 23-avgustdagi 217-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3179, 2019-yil 30-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/3179/3675-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandida:
uchinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidan “(ilovasi bilan)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-yanvar,
257-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3179-2/0081-son)