Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1778-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778, 2008-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizom muqaddimasidagi “va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari” degan soʻzlar “Qonuni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. SAIDOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-dekabr,
38-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/1778-3/0072-son)