Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
qarori
Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2764-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori (roʻyxat raqami 2764, 2016-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-yil 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-yanvar,
IHL-1880/21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi INL-1880/21-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi va ilovadagi “muassasaning” degan soʻzlar “tashkilotning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-banddagi “muassasa” va “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilot” va “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasada” degan soʻzlar “tashkilotda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muassasalarda” degan soʻzlar “tashkilotlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) rahbariyatiga oʻzlari rahbarlik qilayotgan tashkilotda, vazirlik va idoralar rahbariyatiga oʻzlari rahbarlik qilayotgan tizimdagi tashkilotlarda malakaviy imtihonlarni topshirishiga ruxsat etilmaydi. Bunda OAK tomonidan tashkilot rahbariyati yoki vazirlik va idoralar rahbariyatining murojaatiga asosan, ular malakaviy imtihonlarni topshirishi mumkin boʻlgan tashkilotlar (malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar orasidan) belgilab beriladi.”.
4. 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasalar” degan soʻzlar “tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Muassasa” va “muassasaga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tashkilot” va “tashkilotga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muassasalar”, “muassasaga” va “Muassasalar” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlar”, “tashkilotga” va “Tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 7-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasalarda muassasa” degan soʻzlar “tashkilotlarda tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 10-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasa” va “muassasaning” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilot” va “tashkilotning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muassasaga” va “muassasa” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotga” va “tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 13, 18, 22 va 27-bandlardagi “muassasa” degan soʻzlar “tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 14-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasalar” va muassasada” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlar” va “tashkilotda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 17-banddagi “Muassasalar” va “muassasada” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tashkilotlar” va “tashkilotda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 20-banddagi “muassasada” va “muassasa” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotda” va “tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 23-banddagi “muassasa(lar)ga” degan soʻz “tashkilot(lar)ga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. 24-banddagi “Muassasalar” degan soʻz “Tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)