21.01.2022 yildagi PF-53-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini yanada ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma hisobidan subsidiya ajratiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskuna qiymatiga yetkazib berish hamda boshqa qoʻshimcha xizmatlar xarajatlari kiritilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini hamda tarkibida sunʼiy tola 80 foizdan yuqori boʻlgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalarini xarid qiluvchi korxonalarga boshlangʻich 15 foiz toʻlovni toʻlash uchun xorijiy valyutada 7 yil muddatgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan mazkur Farmonning 4-bandi 4-xatboshi boʻyicha belgilanadigan depozit stavkasiga bankning 1 foizlik marjasini hisobga olgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan kredit ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga xorijiy valyutada 1 yil muddatgacha 9 oygacha imtiyozli davr bilan mazkur Farmonning 4-bandi 4-xatboshi boʻyicha belgilanadigan depozit stavkasiga bankning 1 foizlik marjasini hisobga olgan holda 3 million AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan miqdorda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qilgan korxonalarga:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻlovini kechiktirish huquqi beriladi. Bunda, soliqni kechiktirish muddati tugaganidan soʻng soliq qarzi va hisoblangan foizlar kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablagʻlar Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizi. Bunda ushbu mablagʻlar boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash uchun ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foizi. Bunda ushbu mablagʻlar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi korxonalarga subsidiyalash uchun ajratiladi. Ushbu subsidiyalar har oyda keyingi oyning 20-sanasiga qadar hisobot oyida tushgan mablagʻlar hisobidan eksportchi korxonalarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamgʻarmaga 25 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashga begʻaraz ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun 2022-yilda respublika budjetidan Jamgʻarmaga qoʻshimcha ravishda 250 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning talabnomasiga asosan 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha mablagʻlarni suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan mazkur Farmonning 2-bandi “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun, mos ravishda, 7 yil va 1 yil muddatlarga depozit hisob-varagʻiga joylashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda depozit stavkalari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan talabnoma taqdim etilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining ikkilamchi bozordagi kotirovkalari stavkasi miqdoridan kam boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Eksport qiluvchilarning eksportoldi moliyalashtirish uchun tijorat banklaridan olgan kreditlari boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya va kafillik berish muddatlari 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin hamda ushbu tartib barcha eksportchi korxonalarga tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar paxta tolasini majburiy avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi har yarim yilda Jamgʻarma hisobidan subsidiyalarning maqsadli ajratilishini hamda ajratilgan subsidiya miqdorlarining eksport hajmlariga muvofiqligini oʻrganib, natijalari yuzasidan axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.U. Umurzakov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-53-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmoni 1-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “2022-yil” soʻzlari “2024-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu tartib barcha eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlmagan korxonalarga ham tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “2022-yil” soʻzlari “2024-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5989-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan boshlangʻich narxda birja savdolariga chiqariladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4453-son qarori 2-bandining “v” kichik bandidagi “75 foizi” soʻzlari “5 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 06/22/53/0052-son; 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)