OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Qarori
Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2443-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/5-son qarori (roʻyxat raqami 2443, 2013-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-yanvar,
IHL-1877/21-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2443-4/0050-son)