Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalariga beriladigan milliy davlat raqami belgilarining hududiy kod raqamlari taqsimoti 2-ilovaga muvofiq;
Ommaviy va mulkdorlar tasarrufidagi avtomototransport vositalariga beriladigan milliy davlat raqami belgilari 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston chet el vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning avtomototransport vositalariga beriladigan maxsus davlat raqami belgilari 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Roʻyxatga olingan va xalqaro avtomobil harakatida qatnashuvchi transport vositalarining farqlovchi belgisi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov)ga:
respublika Davlat standarti talablariga javob beradigan milliy davlat raqami belgilari, qayd etish guvohnomalarini tayyorlashga buyurtma berish, taʼminlash va ularni seriya raqamlari boʻyicha joylarga taqsimlash;
1998-yilning oxiriga qadar avtomototransport vositalarini markazlashgan tartibda hisobga olish (kompyuter va boshqa texnik jihozlar asosida), uni shakllantirish uchun majburiy maʼlumotnomalar roʻyxatini tuzish;
avtomototransport vositalari bilan savdo qiluvchi korxona, firma va boshqa tashkilotlarni yagona namunadagi hisob maʼlumotnomalari bilan taʼminlash;
milliy davlat raqami belgilarini qayd etish va izlab topishni kompyuterlashtirish dasturini joriy etish yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Guskova) 1997-yil budjetida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan avtomototransport vositalarini markazlashgan tartibda hisobga olish, majburiy maʼlumotlar tuzishda foydalanish uchun respublika Davlat avtomobil nazoratiga 28 ta kompyuter sotib olishga kerakli mablagʻ ajratsin.
5. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (Sarimsoqov) Ichki ishlar vazirligining buyurtmasiga binoan milliy davlat raqami belgilarini “Algoritm” hissadorlik jamiyatida ishlab chiqarishda mazkur belgilarni himoyalash va ular tayyorlanadigan joyni muhofaza qilish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Transport va aloqa boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-may,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish
qoidalari
Mexanik transport vositalari va tirkamalarni* roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish** avtomototransport vositalarining*** yoʻllarda harakatlanishda, shu jumladan, xalqaro yoʻllarda harakatlanishda ishtirok etishiga davlat tomonidan ruxsat berilishi tadbiri hisoblanadi. Transport vositalarini qayd etish transport vositalarining konstruksiyalari, texnik holati va jihozlanganligi harakatlanish xavfsizligining belgilangan talablariga muvofiq kelishi ustidan nazoratni taʼminlash, transport vositalari xarid qilish, olish, ulardan foydalanish, ularni oʻzgalarga oʻtkazish, yaroqsiz deb topish tartibiga rioya qilish majburiyatlarining bajarilishini, yigʻimlarni toʻlashga doir qonunlarga lozim darajada rioya etilishini, transport vositalarining markazlashgan va hududiy hisobini taʼminlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida amalga oshiriladi.
* Mexanik transport vositalari va tirkamalarning taʼrifi yoʻllarda harakatlanish qoidalarida keltirilgan.
** Bundan keyin qayd etish deb ataladi.
*** Bundan keyin transport vositalari deb ataladi.
Mexanik transport vositalari va tirkamalarni davlat tomonidan qayd etish qoidalari**** uchun Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
**** Bundan keyin qoidalar deb ataladi.
“transport vositalarini davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish” deganda Davlat avtomobil nazorati*****ning transport vositalariga qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan yoʻllarda harakatlanishda ishtirok etishini tasdiqlaydigan davlat qayd etish belgilarini va rasmiy hujjatlarni berish, transport vositalarini hisobga olish borasidagi faoliyati tushuniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
***** Bundan keyin DAN deb ataladi.
“qayta roʻyxatdan oʻtkazish” deganda tegishli yuridik asoslar mavjud boʻlganida transport vositalarining hisobga olishga doir maʼlumotlari va hujjatlariga oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar kiritish tushuniladi;
“roʻyxatdan oʻtkazish joyi” deganda transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha yuridik ahamiyatga ega boʻlgan ishlarni bajaruvchi davlat avtomobil nazoratining boʻlinmasi tushuniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“transport vositasining egasi (transport vositasi egasining vakili)” deganda transport vositasining mulkdori yoki qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va doirada transport vositasiga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchi yoxud uni tasarruf etuvchi fuqaro yoki yuridik shaxs tushuniladi;
“qayd etish hujjatlari” deganda u transport vositalari uchun rasmiy hujjat hisoblanib, ularning yoʻllarda harakatlanishda ishtirok etishini tasdiqlovchi qayd etishga doir guvohnoma, texnik pasport, texnik talon, xalqaro yoʻllarda harakatlanishda ishtirok etish uchun qayd qilish toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi guvohnoma tushuniladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu qoidalar transport vositalarini qayd etish, qayd etish guvohnomalari va davlat raqami belgilarini berish tartibini belgilab beradi, ular Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
2. Transport vositalarini qayd etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari* DAN boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlim (boʻlinma) lari, tumanlararo roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlim (boʻlinma)lari** tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
* Bundan keyin IIV, IIBB va IIB deb ataladi.
** Bundan keyin RIB (TRIB)lari deb ataladi.
3. Ushbu qoidalar transport vositalarini ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
4. Dvigatelining ish hajmi 50 kub sm va undan ortiq hamda konstruksiyasida koʻrsatilgan tezligi soatiga 50 km va undan ortiq transport vositalari, ular uchun ishlab chiqarilgan tirkamlar va yarim tirkamlar DAN organlari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib yoki qabul qilib olinganda va hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish lozim boʻlganda, transport vositasining texnik holatidan qatʼi nazar, 10 kun mobaynida joylardagi DAN organlariga murojaat etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Roʻyxatga olinayotgan transport vositalarining konstruksiyalari xavfsizlik talablariga, Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlar, qoidalar, meʼyorlarning harakatlanish xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiq kelishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Transport vositalari faqat yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, firmalar, uyushmalar, shirkatlar va h.k. nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Fuqarolarning shaxsiy mulki boʻlgan transport vositalari faqat bir kishi, yaʼni egasi nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
8. Roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomobillarga bir juft davlat raqami belgisi va qayd etish guvohnomasi;
mototransport vositalari, tirkama va yarim tirkamalarga bir dona davlat raqami belgisi va qayd etish guvohnomasi beriladi.
9. Transport vositalarini qayd etish va boshqa oʻzgartirishlar kiritish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlar toʻplami DAN organlarida kamida 3 yil muddatda davomida saqlanadi (qayd etish, qatʼiy hisobdagi DAN blanklari va raqam belgilarining kirim-chiqim daftarlari bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
10. Transport vositalarini qayd etish (shu jumladan, vaqtincha hisobga olish) ni tashkil etish va amalga oshirish, ularning konstruksiyalariga muvofiqligi va texnik holatining xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash, qayd etishga tegishli yigʻimlar undirish, ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasi IIVning ushbu qoidalarni qoʻllashga oid yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Hukumatning qaror va farmoyishlari asosida ushbu qoidalarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritib borish huquqi beriladi.
12. Hisobga olingan transport vositalari va ularning egalariga doir maʼlumotlarni olish huquqiga ega boʻlgan korxonalarning roʻyxati, ana shunday maʼlumotlarni hisobga olish joyida berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan belgilanadi.
13. Transport vositalarini qayd etishga doir belgilangan tartibni buzganlik uchun transport vositalari egalari va mansabdor shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
II. Transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish
1. Avtotransport vositalari 18 yoshga toʻlgan, mototransport vositalari 16 yoshga toʻlgan, mototransport vositalari esa 16 yoshga toʻlgan shaxslar nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi (lotoreya va shunga oʻxshash boshqa ommaviy oʻyinlarda yutuqqa chiqqan, vasiyatnoma va qonun bilan belgilangan tartibda meros asosida oʻtgan avtomototransport vositalari bundan mustasno).
Mustasno tarzida avtotransport vositalarini 18 yoshga, mototransport vositalarini 16 yoshga toʻlmagan shaxslar nomiga roʻyxatdan oʻtkazilganda, transport vositalarining qayd etish guvohnomasi shu shaxslarning nomiga rasmiylashtiriladi va guvohnomaga hamda avtomototransport vositalarini hisobga olish kartochkasiga “Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga toʻlgunga qadar homiylik yoki vasiylik qiluvchi idoralarning ruxsatisiz hisobdan chiqarish taqiqlanadi” deb yozib qoʻyiladi.
2. Jismoniy shaxslarga qarashli transport vositalari ularning doimiy turar-joylariga, doimiy turar-joyi boʻlmagan taqdirda vaqtinchalik turar-joylariga Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq muomala layoqatiga ega boʻlgan fuqarolar nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Transport vositalari muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolar nomiga ham roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin, basharti ana shu transport vositalari egalik qilish huquqi meros qoldirish, qonunda nazarda tutilgan hadya etish yoki boshqa hollar oqibatida yuzaga kelsa.
3. Respublikada tashqariga oʻqishga, ishga, harbiy xizmatga, uzoq muddatli xizmat safariga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yozma arizalari asosida ularga qarashli transport vositalarini ularning roziligi bilan qarindoshlarning turar-joylariga, shuningdek, egasining avvalgi turar-joy maydoni yashash uchun uning nomida saqlanib qolgan boʻlsa, avvalgi turar-joyiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun ruxsat etiladi.
Ayrim sabablarga koʻra transport vositasining egasi roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimlariga kela olmasa, transport vositasi egasining vakili tomonidan notarial idoralaridan berilgan ishonch qogʻozi va qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Transport vositalarini harbiy xizmatchilar nomiga roʻyxatdan oʻtkazish turar-joyga roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ichki ishlar organi yoki uy-joy ajratilganligi toʻgʻrisida harbiy qism tomonidan berilgan maʼlumotnomalarga asosan amalga oshiriladi.
4. Transport vositalari yuridik shaxslar amalda yashayotgan manzilda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Agar mahalliy hokimiyatlarning qarorlarida koʻrsatilgan boʻlsa, korxonalarga qarashli transport vositalarini ularning yuridik shaxs hisoblanmagan filiallari, bir tizimdagi boshqa boʻlim va boʻlinmalari joylashgan yerda transport vositasini ijaraga olgan korxona joylashgan yerda roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda qayd etish guvohnomasida transport vositasi egasining nomi, uning manzili va qoʻshimcha ravishda transport vositasi turadigan joy koʻrsatiladi.
5. Texnik jihatdan soz deb roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalariga qayd etish guvohnomasi va davlat raqami belgilari bilan birgalikda davlat texnika koʻrigidan oʻtganligi toʻgʻrisida maxsus talon beriladi. Texnik nosoz deb topilgan transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganda qayd etish guvohnomasi va davlat raqami belgilari beriladi, lekin maxsus talon berilmaydi, Texnik nosozlik bartaraf etilgach, maxsus talon hududiy DAN organlari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Bir transport vositasiga biriktirilgan davlat raqami belgilarini boshqa transport vositasiga oʻrnatib foydalanish qatʼiyan man etiladi.
7. DAN organlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari egasi (korxona) ning yozma arizasi hamda qonuniy sotib olinganligini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Kreditga berilgan transport vositasining qayd etish guvohnomasiga hamda uning hisob kartochkasiga “Kreditga olingan” belgisi qoʻyiladi va kreditga bergan tashkilotning roziligisiz u DAN hisobidan chiqarilmaydi.
9. Transport vositalarini, ularning raqamli agregatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda, egasi oʻzgarishi bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, hisobdan chiqarish vaqtida transport vositasi haqidagi maʼlumotlar DAN RIB (TRIB) lari tomonidan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB axborot markazlaridagi olib qochilgan yoki oʻgʻirlangan transport vositalari roʻyxati bilan solishtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Fuqarolarga qarashli yuk, yuk-yoʻlovchi tashuvchi avtomobillar, avtobus va moʻjaz avtobuslar tegishli hududiy soliq organlari va mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda hisobga qoʻyilganidan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi.
11. Qayd etish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish zarurati boʻlgan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda raqamli agregatlarning texnik hujjatlarga mos kelishini solishtirish uchun transport vositalari joylardagi DAN RIB (TRIB) lariga keltirilishi shart. Transport vositasi nosozligi tufayli olib kelishning iloji boʻlmaganda hududiy DAN organi tomonidan muhr bilan tasdiqlangan transport vositasini yakka tartibda texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi taqdim etiladi.
12. Mustaqil ravishda tayyorlangan transport vositasi uning chizmasi, konstruksiyasining harakatlanish xavfsizligi talablariga javob berishi haqidagi xulosa, IIV DAN boshqarmasining ruxsati va agregatlarning qonuniy xarid etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mototsiklga yon kajavani oʻrnatish dvigateli silindrining ish hajmi 35 kub sm dan ortiq boʻlgan hamda uni ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan koʻzda tutilgan boʻlsa ruxsat etiladi.
14. Fuqarolarga ijtimoiy taʼminot idoralari tomonidan bepul yoki imtiyozli shartlar asosida berilgan transport vositasining qayd etish guvohnomasiga “Ijtimoiy taʼminot idoralarining ruxsatisiz roʻyxatdan chiqarilmaydi” – degan yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Nogironlar tomonidan boshqariladigan transport vositalariga qoʻl boshqaruvi moslamasini, “Nogiron” belgisini oʻrnatish nogironning yozma arizasiga muvofiq ruxsat etiladi va bu haqda qayd etish guvohnomasiga yozib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yuridik shaxslar transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishda yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadilar.
(II boʻlim 16-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
Transport vositalari ularni qayd etishdan oldin hududiy mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki roʻyxatdan chiqariladi.
Yangi tashkil etilgan avtoxoʻjaliklarni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida transport vositalarini saqlash uchun yetarli joy maydoni (garaj, avtosaroy) mavjudligi yoki bunday joy ijaraga olinganligi haqidagi shartnomadan nusxa, hududiy DAN organi tomonidan shu joyning koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi dalolatnoma taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi DAN boshqarmasi tomonidan avtomobillar ishlab chiqaruvchi yoki ularni tuzatuvchi zavodlarning texnik shartlari boʻyicha tajriba sinovidan oʻtayotgan transport vositalariga zavodning yozma murojaati va avtotransportning texnik shartlarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ekspertiza xulosasiga asosan maʼlum muddatga (oy, chorak, yil) “Tajriba” davlat raqami belgilari va qayd etish guvohnomasi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sinovdan oʻtayotgan transport vositalarining tajriba namunalari ishlab chiqarish korxonasining yozma murojaati va transport vositalari harakatlanish xavfsizligi va texnik shartlarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ekspertiza xulosasi asosida bir yilgacha boʻlgan muddatga roʻyxatdan oʻtkazilib, ularga “Sinov” belgisi qoʻyilgan qayd etish guvohnomasi va amaldagi davlat raqami belgilari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi hududida maxsus jihoz va moslamalar oʻrnatilgan yoki konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilgan transport vositalarini roʻyxatga olishda unga asos boʻladigan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda qayta jihozlagan zavod (korxona) tomonidan berilgan hujjatlar (pasport, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN boshqarmalari tomonidan berilgan konstruksiyasining harakatlanish xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi guvohnoma nusxasi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Quyidagi transport vositalari:
ushbu qoidalarning 7-bandida belgilangan hujjatlari boʻlmagan;
agregatlardan va ehtiyot qismlardan yigʻilgan;
yaroqsizligi uchun DAN hisobidan chiqarilgandan soʻng qayta tiklangan;
Keyingi tahrirga qarang.
yopiq joylarda foydalaniladigan texnologik transport vositalari;
konlarda, shaxtalarda va karyerlarda ishlatiladigan maxsus transport vositalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi bilan kelishilmagan holda mustaqil tayyorlangan yoki texnik shartlarga xilof ravishda qayta jihozlangan transport vositalari;
Keyingi tahrirga qarang.
rul boshqaruvi oʻng tomonda boʻlgan avtomobillar DAN tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va IIV ichki qoʻshinlarga tegishli harbiy transport vositalari, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli traktorlar, traktor tirkamalari va oʻziyurar mexanizmlar, umumfoydalanish yoʻllarida ishlatilmaydigan “BelAZ”, “MoAZ” rusumli avtomobillar, shuningdek, tramvay, trolleybuslar DAN organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmaydi. Ularni roʻyxatdan oʻtkazish tegishli vazirlik, Davlat texnika nazorati va boshqa idoralar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Transport vositalarini vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan vaqtinchalik foydalanish uchun olib kelingan transport vositalari vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
2. Vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishda transport vositasining avvalgi texnik hujjatlari (texpasport, textalon, qayd etish guvohnomasi) va davlat raqami belgilari olib qolinib, ular RIB (TRIB) larida saqlanadi. Ularning oʻrniga qayd etish guvohnomasi va ilgari foydalaniladigan milliy davlat raqami belgilari beriladi. Transport vositasidan foydalanuvchining nomiga qayd etish guvohnomasi toʻldiriladi. Qayd etish guvohnomasining orqa tomoniga haqiqiy egasi (tashkilot) ning nomi, manzili va texnik hujjati, davlat raqami belgisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganlikning amal qilish muddati yozib qoʻyiladi.
3. Transport vositalari 2 yilgacha muddatga vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkaziladi va zarur boʻlgan hollarda egasining iltimosiga koʻra bu muddat uzaytirib berilishi mumkin, lekin uzaytirish muddati 6 oyda oshmasligi kerak.
4. Transport vositalarini vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin ular haqidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB axborot markazlaridagi oʻgʻirlangan va olib qochilgan transport vositalari roʻyxati bilan solishtiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlaridan kelgan transport vositalarini vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishda transport vositalarining vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishda transport vositalarining davlat raqami belgilari va texnik hujjatlari olinmaydi, balki qayd etish guvohnomasi (texpasport, textalonga) ga vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida belgi qoʻyiladi. Vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun notarial idorasi tomonidan berilgan ishonch qogʻozi, ijara shartnomasi, mehnat shartnomasi, xizmat safari guvohnomasi nusxalari asos boʻlib xizmat qiladi.
Shaxsiy transport vositasida 6 oydan ortiq muddatga kelgan fuqarolar pasportida yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi (propiska) haqida belgi boʻlishi shart.
6. Respublikaga tashqaridan olib kelingan transport vositasi hujjatlarining qonuniy ekanligiga shubha tugʻilganda yoki boshqa biror aniqlik kiritish zarur boʻlgan vaziyat vujudga kelganda, transport vositasi vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda unga vaqtinchalik qayd etish guvohnomasi va ilgari foydalanishda boʻlgan davlat raqami belgilari berilib, transport vositasi avval hisobda turgan DAN organlariga yoki savdo tashkilotlariga soʻrov xati yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Qayta jihozlash
1. Engil avtomobillarni quyidagi tartibda qayta jihozlashga ruxsat etiladi:
“Moskvich” ning 401 modelidan keyingi barcha model va modifikatsiyalariga;
M-20 va M-72 “Pobeda” dan – GAZ-21, 22, 24, 2401, 2417, 31, 3102, 31029, 3105 va keyingi yengil toifadagi model modifikatsiyalariga;
GAZ-21 va GAZ-22 dan – GAZ-24 va uning keyingi modifikatsiyalaridan GAZ-31 va uning yengil toifadagi modifikatsiyalariga;
GAZ-67 GAZ-69 yoki GAZ-69 “a” yoki – UAZ-469 va uning keyingi yengil toifadagi modifikatsiyalariga;
2. “Jiguli” avtomobilining “VAZ-2101” rusumidan VAZ zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan (VAZ-2108, VAZ-2109, VAZ-2121dan tashqari) burcha turlariga.
3. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan avtomobillarning dvigatellarini yoki kuzovlarini almashtirish, bir rusumdan boshqasiga qayta jihozlash ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan koʻzda tutilgan hollardagina Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi DAN boshqarmasi ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan “DEU” rusumli avtomobillarni “OʻzDEUavtoKO” qoʻshma korxonasi tavsiyanomasi asosida qayta jihozlashga ruxsat etiladi.
5. Kuzovning tashqi koʻrinishida sezilarli oʻzgarishlar boʻlmagan quyidagi avtomobillar kuzovining oʻzaro almashishi qayta jihozlash deb hisoblanmaydi:
M-408 dan 412 ga va aksincha;
M-2136 dan M-2137 ga va aksincha;
M-2138 dan M-2140 ga va aksincha;
VAZ-2101 dan VAZ 21011 ga va aksincha;
VAZ-2103 dan VAZ-2106 ga va aksincha;
VAZ-2105 dan VAZ-2107 ga va aksincha;
VAZ-2108 dan VAZ-2109 ga va aksincha;
GAZ-24 dan GAZ-2401, GAZ-2410, GAZ-2417 ga va aksincha;
GAZ-31029 dan GAZ-3102, GAZ-3105 ga va aksincha;
ZAZ 966 dan ZAZ 968 ga va aksincha;
LUAZ-969 dan LUAZ-969A, 969M va aksincha.
Bunday kuzovlarni yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari uchun avtotexxizmat shahobchalari yoki avtokorxona ustaxonalari sharoitida, shaxsiy avtomobillar egalariga esa avtotexxizmat shahobchalarida yoki mustaqil ravishda almashtirishga ruxsat etiladi.
Mustaqil ravishda almashtirilgan kuzovlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda egasi tomonidan kuzovning qonuniy xarid etilganligini tasdiqlovchi hujjat va texnik xizmat koʻrsatish shahobchasining shu avtomobilning yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqidagi maʼlumotnomasi taqdim etiladi.
6. Qayta jihozlangandan va almashtirilgandan soʻng boʻshagan kuzov va boshqa raqamli agregatlarni DAN tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida notarial idoralari orqali hadya qilish, ayirboshlash yoki sotish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Agar shaxsiy transport vositasi egasining nomida shu transport vositasi rusumiga mos keluvchi qoʻshimcha dvigatel boʻlsa, dvigatelning turi va raqam belgilari qayd etish guvohnomasining orqa tomoniga yozilib, RIB (TRIB) boshligʻi yoki uning oʻrinbosari imzosi va muhr bilan tasdiqlab beriladi.
8. Nogironlarga tegishli boʻlgan transport vositalari ularning sogʻligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosaga koʻra avtotexxizmat korxonalari orqa qoʻl boshqaruviga oʻtkazilishiga yoki uning aksiga qayta jihozlashga ruxsat etiladi.
9. Mototsikl va motorollyorlarni, ularga boshqa turdagi rama, dvigatel oʻrnatish Bilan, qayta jihozlash taqiqlanadi.
10. Joylardagi RIB, TRIB lari korxonalarga tegishli boʻlgan yuk avtomobillari va tirkamalarni murakkab boʻlmagan qayta jihozlashga IIV tomonidan belgilangan tartibda avtokorxonalarning ustaxonalari sharoitida amalga oshirishga ruxsat beradi.
11. Joylardagi RIB, TRIB lari fuqarolarga tegishli boʻlgan transport vositalarini murakkab boʻlmagan qayta jihozlashga IIV tomonidan belgilangan tartibda avtotuzatish zavodlari yoki avtokorxonalarning ustaxonalari sharoitida amalga oshirishga ruxsat beradi.
12. Gaz yonilgʻisi bilan ishlovchi moslama oʻrnatilib qayta jihozlangan avtomobillarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda bunday qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda bunday qayta jihozlash ishlariga ruxsati boʻlgan korxonalar tomonidan berilgan qabul qilish-topshirish va sinovdan oʻtkazish dalolatnomasi (pasporti), Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN boshqarmasidan berilgan konstruksiyasining harakatlanish xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqidagi guvohnoma asos boʻlib xizmat qiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB DAN boshqarma-boʻlimlari boshliqlari tomonidan davlararo iqtisodiy hamkorlik aloqalarida ishtirok etayotgan va uzoq (1000 km dan ortiq) masofaga qatnaydigan yuk avtomobillariga qoʻshimcha yonilgʻi idishini oʻrnatishga ruxsat etiladi.
14. Yuk avtomobillarining korxonasi tent bilan jihozlash va bortini koʻtarish IIV DAN boshqarmasi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Transport vositalarining konstruksiyasiga ushbu qoidalarda koʻzda tutilmagan oʻzgartirishlar kiritib qayta jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN boshqarmasi ruxsati asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish
1. Transport vositalari ushbu hollarda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Transport vositalarining turgan oʻrni yoki egasining yashash joyi oʻzgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
belgilangan tartibdagi ariza;
texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon);
korxona va tashkilotlar transport vositalarining turgan oʻrni oʻzgarishiga asos boʻlgan hujjat (buyruq, ijara shartnomasi, hokimlik qarori);
transportlarning turgan oʻrnini hududlardagi DAN organlari tomonidan koʻrikdan oʻtkazilganligi haqidagi dalolatnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolar uchun shaxsiy pasport yoki uning oʻrniga berilgan hujjat.
Tashkilotning nomi, egasining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
belgilangan tartibdagi ariza;
nomi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, farmoyish, qaror);
fuqarolar uchun shaxsiy pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik holatini qayd etish organi yoki sud organi tomonidan berilgan hujjat).
Egasi oʻzgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
belgilangan tartibdagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
notarial idoralari tomonidan berilgan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, lizing, sublizing shartnomalari, vorislik, meros va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi guvohnomalar;
(V boʻlim 1-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
sud qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi idoralari tomonidan berilgan order;
chetdan keltirilgan va bojxona nazorati ostida turgan transport vositalari uchun bojxona idorasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnoma;
bir vazirlikka qarashli va bir moliyaviy tizimdagi tashkilotlar uchun yuqori organlarning DAN roʻyxatida boʻlgan transport vositalarini balansdan balansga bepul ajratilganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma.
Keyingi tahrirga qarang.
Qayta jihozlash, rangi, raqamli agregatlari oʻzgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
belgilangan tartibdagi ariza;
raqamli agregatlar qonuniy sotib olinganligi toʻgʻrisida hujjat (hisob-maʼlumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi, bojxona guvohnomasi) kirim kassa orderi va yuk xati (nakladnoy), avtotuzatish zavodining pasporti, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi);
bir zavodda ishlab chiqarilgan, bir-biriga mos keladigan transport vositalarining (VAZ-2101-21011, M-408-412, GAZ-24-2410, shunga oʻxshash) baʼzi qismlari (bamper, fara, ogohlantirish yoritgichlari, old va orqa paneli, kapot va qanotlari) oʻzgarganda, texnik xizmat koʻrsatish shahobchalari tomonidan berilgan buyurtma-naryad, maʼlumotnomalar (agar shu ehtiyot qismlar bozordan sotib olingan boʻlsa, bundan tashqari, egasining tushuntirish xati);
transport vositasi uy sharoitida mustaqil ravishda boʻyalganda egasining tushuntirish xati.
Qayta jihozlangan transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish, quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar uchun:
belgilangan tartibdagi ariza;
davlat tashkilotlari uchun yuqori tashkilotning buyrugʻi, nodavlat tashkilotlari uchun umumiy majlis bayoni yoki qarori (buyrugʻi);
yaroqsiz, keraksiz ehtiyot qismlar yoki maxsus moslamalar xoʻjalik hisobidan chiqarilganligi yoki echib olinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
hududiy DAN boshqarmalari RIB (TRIB) laridan berilgan xulosa;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat tashkilotiga tegishli transport vositalari va shaxsiy yuk avtomobillari; avtobus, moʻjaz avtobuslar uchun hududlardagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yozma ruxsatnomasi;
qayta jihozlangan transport vositasiga RIB (TRIB) lari tomonidan texnik holat toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnoma;
oʻrnatilgan dvigatelga avtouzatish korxonasi tomonidan berilgan pasport;
qayta jihozlangan avtomobilni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
maxsus moslama oʻrnatilgan transport vositalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN boshqarmasi tomonidan konstruksiyasi kelishilganligi toʻgʻrisida berilgan guvohnoma nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Transport vositasi avtotuzatish korxonasi tomonidan qayta jihozlangan boʻlsa, qayd etish guvohnomasida uning qayta jihozlangan vaqti, oʻrnatilgan agregat raqamlari haqida shu korxonaning belgisi boʻlishi lozim.
Shaxsiy foydalanishdagi avtomobillar uchun:
belgilangan tartibdagi ariza;
raqamli agregatlar va transport vositasiga oʻrnatilgan ehtiyot qismlar qonuniy ravishda sotib olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi, hisob-maʼlumotnoma), agar bozordan sotib olingan boʻlsa (raqamli agregatlardan tashqari), egasining tushuntirish xati;
qayta jihozlangan transport vositasiga RIB (TRIB) lari tomonidan texnik holat toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnoma;
hududiy DAN boshqarmalari RIB (TRIB) laridan berilgan xulosa;
Keyingi tahrirga qarang.
texnik xizmat koʻrsatish shahobchalarining buyurtma-naryadi yoki avtotuzatish zavodlaridan berilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
oʻrnatilgan dvigatelga pasport.
Mustaqil ravishda qayta jihozlangan transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda egasining yozma tushuntirish xati va texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasining shu avtomobil qay darajada toʻgʻri qayta jihozlanganligi hamda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi talablariga mos kelishi haqidagi maʼlumotnomasi taqdim etiladi.
2. Qayta jihozlangan transport vositalari qayd etish guvohnomasining “ishlab chiqarilgan yili” bandiga ( — ) chizib qoʻyiladi va guvohnomaning “Alohida belgilar” boʻlimiga “Avtomobil _____________ rusumdan ___________ rusumga qayta jihozlangan, kuzovning raqami ________________” deb yoziladi va RIB (TRIB) lari boshligʻi imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi.
3. Transport vositasining hadya shartnomasida yoki meros huquqi guvohnomasida bir necha shaxs koʻrsatilgan boʻlsa, barcha mulk egalarining yozma roziligiga asosan transport vositasi ulardan faqat bittasining nomiga qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi. 18 yoshga toʻlmagan merosxoʻr nomidan yozma ruxsatnomani vasiylik va homiylik idoralari beradi.
4. Bir vazirlik, idora, tashkilotlarga qarashli va bir moliyaviy tizimdagi bir tashkilot balansidan ikkinchi tashkilot balansiga transport vositalari yuqori idoralarning bepul ajratilganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma asosida qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
5. Sud yoki bojxona idoralari qarorlari bilan musodara qilingan transport vositalarini mahalliy hokimiyat qarori bilan maxsus ajratilgan savdo shahobchalari orqali sotishga ruxsat etiladi. Bunday transport vositalari hisob-maʼlumotnoma, sud yoki bojxona idorasi qarori nusxasi asosida texnik hujjat (tex-pasport, qayd etish guvohnomasi) larsiz roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Musodara qilingan transport vositalarini soliq, moliya, bojxona, prokuratura, sud, ichki ishlar, adliya organlari hamda uni sotgan tashkilotning xodimlari sotib olishi taqiqlanadi.
6. Ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan joylarda saqlash muddati tugagan va egasiz deb topilgan, joylardagi hokimliklar qarorlari bilan davlat hisobiga oʻtkazilgan va 5-bandda koʻrsatilgan savdo shahobchalari orqali sotilgan transport vositalari ularning yangi egalari nomiga hisob-maʼlumotnoma va hokimlik qaroridan koʻchirma asosida texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon)larsiz belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
7. Yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yoʻqolgan davlat raqami belgilari va qayd etish guvohnomalari oʻrniga yangilari transport vositasi egasining arizasiga asosan tegishli toʻlovlar undirilgandan, raqamli agregatlar tekshirilgandan soʻng beriladi. Yoʻqolgan qayd etish guvohnomasi (texpasport) oʻrniga yangisi hisob kartochkasidagi maʼlumotlar asosida toʻldiriladi hamda guvohnomaning “Alohida belgilar” boʻlimiga “Takroriy” degan belgi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Egasi oʻzgarganligi tufayli hisobdan chiqarilib olib kelingan transport vositasining qayd etish guvohnomasi (texpasport, textalon) roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimiga murojaat etgunga qadar yoʻqolgan boʻlsa, u holda transport vositasi avvalgi hisobda turgan joydagi DAN RIB (TRIB) laridan olingan tasdiqnoma asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Fuqarolar tomonidan 1991-yil 1-oktabrga qadar sotib olingan va roʻyxatdan oʻtkazilmagan kajavasiz mototransport vositasining hujjatlari yoʻqolgan boʻlsa, uning nusxasini tiklashning yoki tasdiqnomasini olishning iloji boʻlmasa, mototransport egasining manzili boʻyicha IIB boshligʻi tomonidan tasdiqlangan uchastka vakilining xulosasi asosida hamda IIV (IIB) axborot markazidagi olib qochilgan va oʻgʻirlangan mototransportlar roʻyxatidan tekshirilgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi.
10. Eski namunadagi qayd etish guvohnomalari (texnik pasportlar, texnik talonlar) transport vositalari egalarining arizalariga asosan umumiy belgilangan tartibda yangi namunadagi qayd etish guvohnomalariga almashtiriladi.
VI. Transport vositalarini hisobdan chiqarish
1. Transport vositalari quyidagi hollarda DAN hisobidan chiqariladi:
transport vositalari foydalanishga yaroqsiz deb topilganda;
transport vositalari egasi,egasining doimiy turar-joyi oʻzgarganda, RIB (TRIB) xizmat koʻrsatuvchi hudud (shahar, viloyat, respublika) dan tashqariga olib chiqib ketish zarurati tugʻilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarining barcha turlari va fuqarolarga tegishli yuk, yuk-yoʻlovchi tashuvchi, avtobus va moʻjaz avtobuslar DAN hisobidan chiqarilishidan oldin hududiy mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar hisobidan chiqarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Transport vositalarini hisobdan chiqarishda ularning agregat raqami belgilari qayd etish hujjatlariga mos kelishini aniqlash uchun ular RIB (TRIB) larida yoki joylardagi DAN boʻlim (boʻlinma) larida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi (yaroqsiz holga kelgan transport vositalari bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
4. Transport vositalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlar hududidan olib chiqib ketilishi munosabati bilan hisobdan chiqarishda ularni davlat raqami belgilari topshirilib, oʻrniga “Tranzit” raqami belgilari beriladi va transport vositasini qayd etish guvohnomasiga hisobdan chiqarish sabablari, kimning nomiga berilganligi, qayerga ketayotganligi va qachon hisobdan chiqarilganligi yozib beriladi.
5. Foydalanishga yaroqsiz deb topilgan transport vositalarining qayd etish guvohnomalari, davlat raqami belgilari RIB (TRIB) lariga topshiriladi.
6. Davlat raqami belgilari yoʻqolgan transport vositasini hisobdan chiqarishda, hududiy DAN organlarida tekshirilganidan soʻng bu haqda qayd etish guvohnomasiga va hisob kartochkasiga yozib qoʻyiladi.
Qayd etish guvohnomasi (texpasporti, textaloni) yoʻqolgan transport vositasini hisobdan chiqarishda arizaga hududiy DAN organlarida tekshirilganligi haqida belgi qoʻyilganidan soʻng egasi nomiga maʼlumotnoma yozib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ijtimoiy taʼminot idoralari tomonidan bepul yoki imtiyozli ravishda berilgan, turli tashkilotlar tomonidan kreditga sotilgan transport vositalari shu idoralar va tashkilotlarning ruxsati asosida hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi hollarda transport vositalari hisobdan chiqarilmaydi:
yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari boshqa viloyat, shahar, respublikaga xizmat yuzasidan safarga yuborilayotgan yoki foydalanish uchun ijaraga berilayotgan boʻlsa;
yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini surishtiruv organlari hisobdan chiqarishni taqiqlagan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
VII. Lizing obyekti hisoblangan transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish
1. Jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs tomonidan mulk sifatida sotib olingan va jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsga vaqtincha egalik qilish va foydalanish huquqi bilan lizing shartnomasi yoki sublizing shartnomasi asosida berilgan transport vositalari, lizingga beruvchi nomiga yoki lizingga oluvchi nomiga tomonlarning yozma bitimi boʻyicha (belgilangan namunadagi blankalarda) roʻyxatdan oʻtkaziladi.
2. Lizingga beruvchi nomiga transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish umumiy asoslarda lizing beruvchi joylashgan joyda amalga oshiriladi.
3. Lizingga beruvchi tomonidan lizingga oluvchiga lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazishni nazarda tutuvchi lizing yoki sublizing shartnomasiga asosan vaqtinchalik egalik va foydalanish huquqi berilgan transport vositalari shartnoma amal qilish muddatiga lizingga oluvchining joylashgan joyi boʻyicha quyidagilarga asosan roʻyxatdan oʻtkaziladi:
lizingga beruvchining transport vositalariga mulk egasi huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (oldi-sotdi shartnomasi, maʼlumotnoma-hisob raqami va/yoki davlat orderi va boshqalar);
lizing yoki sublizing shartnomasi;
transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi (agar transport vositasi ilgari Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda);
transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda — bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli hujjatlar;
lizingga oluvchining, agar u yuridik shaxs boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.
4. Transport vositalarini lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazish lizing yoki sublizing shartnomasida yoxud transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlarda koʻrsatilgan muddatga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilgan holda amalga oshiriladi. Bunda lizingga beruvchining ruxsatisiz transport vositalari hisobdan chiqarilmaydi.
5. Transport vositalarini lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazishda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining “Muhim belgilar” ustuniga “Lizing, vaqtincha hisobda turishi ____gacha” yozuvi yoziladi va transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish muddatining tamom boʻlish sanasi koʻrsatiladi, lizing (sublizing) shartnomasining tartib raqami va shartnomaning tuzilgan sanasi qoʻyiladi.
6. Lizing shartnomasi muddati tugagach lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositasi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek transport vositalarini hisobdan chiqarishga asos boʻlgan hujjatlar tikib qoʻyiladi va hujjatlar belgilangan tartibda saqlanadi.
7. Transport vositalariga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga oʻtishini nazarda tutuvchi lizing shartnomasi asosida lizingga beruvchi yoki lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari transport vositasiga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga oʻtishi toʻgʻrisida lizingga beruvchining yozma tasdigʻi va lizing shartnomasi asosida lizingga oluvchi nomiga qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
8. Transport vositalariga mulk egasi huquqining lizingga oluvchiga oʻtishini nazarda tutmaydigan lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagach transport vositalari hisobdan chiqarilishi va faqat koʻrsatilgan transport vositalariga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga oʻtishini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar asosida lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
9. Lizing shartnomasi bekor qilinganda va lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari lizingga beruvchiga qaytarilganda, koʻrsatilgan transport vositalari lizingga beruvchi va lizingga oluvchining birgalikdagi yozma arizasi yoki sud organlari yoki boshqa organlarning ijro hujjati nusxasi ilova qilingan holda lizingga beruvchining yozma arizasi asosida lizingga beruvchiga qayta rasmiylashtiriladi. Lizing shartnomasining muddati tugaganda uni oʻz vaqtida qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun lizingga beruvchi ham, lizingga oluvchi ham javob beradi.
(VII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qaroriga asosan qoʻshilgan — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
VIII. Ish yuritish
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
Ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga asosan olib boriladi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Avtomotransport vositalariga beriladigan milliy davlat raqami belgilarining hududiy kod raqamlari
taqsimoti
| | |
|
Hududlar |
Kod raqamlari |
|
Toshkent shahri |
10 |
| Toshkent viloyati |
11 |
| Sirdaryo viloyati |
12 |
| Jizzax viloyati |
13 |
| Samarqand viloyati |
14 |
| Fargʻona viloyati |
15 |
| Namangan viloyati |
16 |
| Andijon viloyati |
17 |
| Qashqadaryo viloyati |
18 |
| Surxondaryo viloyati |
19 |
| Buxoro viloyati |
20 |
| Navoiy viloyati |
21 |
| Xorazm viloyati |
22 |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
23 |
| | |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Ommaviy va mulkdorlar tasarrufidagi avtomototransport vositalari beriladigan milliy davlat raqami
belgilari
1. Shaxsiy transport vositalariga beriladigan milliy davlat raqami belgilari
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | |
10 |
A 0008 |
| | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
Bu davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Hududiy kod raqami havo rangda.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy yengil, yuk, yuk yoʻlovchi tashish avtomobillari va avtobuslariga bir juft (orqa va old tomoniga) beriladi.
2. Davlat idoralari, muassasalari, jamoa tashkilotlari, shirkatlar va boshqa yuridik shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan milliy davlat raqami belgilari
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
10 |
AA 008 |
| | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | |
Bu davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Hududiy kod raqami havo rangda.
Davlat organlari, muassasalari, jamoa tashkilotlari, shirkatlari va boshqa yuridik shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladi. Engil avtomobillar uchun bir juft (old va orqa) hamda yuk, yuk yoʻlovchi tashish avtomobillari, avtobuslarga bir dona (old tomoniga) beriladi.
3. Davlat organlari, muassasalari, jamoa tashkilotlari, shirkatlari va boshqa yuridik shaxslarga tegishli yuk, yuk-yoʻlovchi tashish avtomobillari va avtobuslarga beriladigan orqa milliy davlat raqami belgilari
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
0 0 8 |
| | | | | | | ||
| | | | | | |
AA |
10 |
| | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | |
Bu davlat raqami belgilarining foni oq rangda, kod raqami havo rang, qolgan raqam va harflari qora rangda.
Davlat organlari, muassasalari, jamoa tashkilotlari, shirkatlar va boshqa yuridik shaxslarga tegishli yuk, yuk-yoʻlovchi tashish avtomobillari, avtobuslarga bir dona (orqa tomoniga) beriladi.
4. Mototsikl, moped, motoryollyor, motokajavalarga beriladigan milliy raqami belgisi
Bu davlat raqami belgilarining foni oq rangda, hududiy kod raqami havo rang, qolgan raqam va harflar qora rangda.
Kimga qarashligidan qatʼi nazar, hamma mototsikl, moped, motorollyor, motokajavalarga orqa davlat raqami belgisi sifatida beriladi.
5. Avtomobil tirkamalari va yarim tirkamalarga beriladigan davlat raqami belgilari
Bu davlat raqami belgilarining foni oq rangda, hududiy kod raqami havo rang, qolgan raqam va harflar qora rangda.
Ushbu davlat raqami belgilari avtomobil tirkamlari (mototsikl va motorollyorning orqa tirkamlari bilan) va yarim tirkamlariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekistondagi chet El vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning avtomototransport vositalariga beriladigan maxsus davlat raqami
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
1. Chet el diplomatik vakolatxonalari boshliqlari transport vositalariga beriladigan davlat raqami belgilari
“CMD” seriyali maxsus raqam belgisi chet el diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining xizmat yoki shaxsiy avtomobillariga elchixonaning soʻrov xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida beriladi.
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
SMD 01 - 51 |
| | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
Ushbu davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, harf va raqamlari oq rangda. Oldingi ikkita raqam diplomatik vakolatxona raqami va oxirgi ikki raqam avtomobilning raqami belgisidir.
2. Chet el diplomatik va konsullik vakolatxonalari xodimlari hamda ularning oila aʼzolariga tegishli avtomobillarga beriladigan davlat raqami belgilari.
Oldingi tahrirga qarang.
“D” seriyali maxsus raqam belgisi xorijiy davlat elchilariga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, tashkilotlarining diplomat darajasidagi xodimlarining xizmat avtomobillariga va ularning oila aʼzolariga tegishli transport vositalariga elchixona va konsullik vakolatxonalarining soʻrov xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida beriladi. “D” seriyali maxsus raqam belgilarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilishi lozim.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
D 22 - 01 |
| | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
Ushbu davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, harf va raqamlari oq rangda. Oldingi ikkita raqam diplomatik vakolatxona raqami va oxirgi ikki raqam avtomobilning raqami belgisidir.
3. “UN” seriyali maxsus raqam belgisi birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) respublikamizdagi vakillariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Raqam belgilari tashkilotning soʻrov xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkalari yoki milliy pasportlar asosida taqdim etiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Chet el diplomatik va konsullik vakolatxonalari, xalqaro banklar, xalqaro va xorijiy notijorat tashkilotlarning maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqami belgilari.
“T” seriyali maxsus raqam belgilari elchixona, konsullik vakolatxonasi yoki xalqaro banklar, xalqaro va xorijiy notijorat tashkilotlarning soʻrov xati hamda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida beriladi. Shaxsiy avtomobillarga “T” seriyali raqam belgilarini olish uchun tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etiladi.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
T 01 - 51 |
| | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
Ushbu davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, harf va raqamlari oq rangda oldingi ikkita raqam diplomatik vakolatxona raqami va oxirgi ikki raqam avtomobilning raqami belgisidir.
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy akkreditatsiya qilingan va belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatayotgan chet el firmalari, shirkatlari, banklari, aviakompaniyalari, qoʻshma korxonalariga va ularning xodimlari transport vositalariga beriladigan davlat raqami belgilari
“M” seriyali maxsus raqam belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xati asosida beriladi.
Shaxsiy transport vositalariga “M” seriyali raqam belgilarini olish uchun esa ichki ishlar organlarida qayd etilgan milliy pasportlar ham taqdim etilishi lozim.
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
M 01 - 51 |
| | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
Ushbu davlat raqami belgilarining foni moviy rangda, harf va raqamlari oq rangda. Oldingi son chet davlatning shifr raqami va oxirgi ikki son – avtomobilning raqami belgisidir.
6. Chet el ommaviy axborot vositalarining vakolatxonalari hamda ularning xodimlarining avtomobillariga beriladigan davlat raqami belgilari.
“K” seriyali maxsus raqam belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xatiga asosan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsiy transport vositalariga “K” seriyali raqam belgilari olish uchun muxbirlarning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan guvohnomasi, ularning oila aʼzolari uchun esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkasi ham taqdim etilishi lozim.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
K 01 - 51 |
| | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
Ushbu davlat raqami belgilarining foni moviy rangda, harf va raqamlari oq rangda. Oldingi ikkita soni chet davlatning shifr raqami va oxirgi ikki son — avtomobilning raqami belgisidir.
7. Oʻzbekistonda doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning transport vositalariga beriladigan davlat raqami belgilari
“N” seriyali maxsus raqam belgisi Oʻzbekiston Respublikasiga shaxsiy, xizmat ishlari bilan yoki oʻqishga kelgan xorijiy fuqarolarga ijaraga berilgan, viza boʻyicha doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning transport vositalariga beriladi.
Transport vositalari ushbu shaxslarning nomiga umumiy tartibda hisobga olinadi. Ichki ishlar organlari tomonidan qayd etilgan milliy pasportlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning pasportlari yoki kelish vizalariga asosan xorijga chiqish-kelish va fuqarolik boʻlimlari tomonidan roʻyxatga olinganidan soʻng raqam belgisi va qayd etish guvohnomasi beriladi.
| | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
10 |
N 01 - 51 |
| | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | |
Ushbu davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, harf va raqamlari oq rangda. Hududiy kon raqami havo rangda.
8. Oʻzbekistondan butunlay chiqib ketayotgan chet el vakolatxonalari, fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning transport vositalariga beriladigan davlat raqami belgilari
Transport vositasiga “R” seriyali maxsus raqam belgisi berish uchun xorijiy fuqarolarga ketish vizalari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun “fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi va guvohnomaga ketish vizasi” asos boʻladi.
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
10 |
R 01 - 51 |
| | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | |
Ushbu davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, harf va raqamlari oq rangda Hududiy kod raqami havo rangda.
Ushbu davlat raqami belgilari butunlay chiqib ketayotgan chet El vakolatxonalari transportlariga hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning transport vositalariga beriladi.
9. Boshqa davlatlardan Oʻzbekiston xorijiy fuqarolar yoki tashkilotlar tomonidan olib kelingan transport vositalari bojxona guvohnomasi yoki deklaratsiyasidan koʻrsatilgan muddatga vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilib, “N” seriyasidagi raqam belgilari va foydalanish muddati koʻrsatilgan qayd etish guvohnomasi beriladi.
Bunday transport vositalarining foydalanish muddati tugatgandan keyin davlat raqami belgilari topshirilib, qayd etish guvohnomasiga “Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik foydalanish uchun olib kelingan muddati tugagandan soʻng roʻyxatdan chiqarildi”, — deb yozib beriladi va “R” turdagi davlat raqami belgilari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA