Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 12-oktabr kuni qabul qilingan “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 19-noyabr,
SQ-433-IV-son