14.01.2022 yildagi PQ-85-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalarini jadal rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy va texnik koʻmagida “Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida umumiy quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida oʻtkazilgan xalqaro tender savdolari natijalariga koʻra, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) gʻolib deb topilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nur Sherabad Solar PV” xorijiy korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 2-avgustda investitsiya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya shartnomasi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 260 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 2-avgustda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 45,6 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan soʻng Loyiha kompaniyasi ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor hamda Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan 1,8045 AQSH senti miqdorida tarif oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin hamda toʻlov narxlarining AQSH dollariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor, Loyiha kompaniyasi va Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni majburiy ekspertiza oʻtkazmagan holda tanlab olishga va shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining xorijiy valyutada tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, Osiyo taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi Osiyo taraqqiyot banki xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, lozim boʻlgan barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, xorijiy kreditorlar loyihalarni moliyalashtirishda anʼanaviy qoʻllaydigan tavakkalchilikni boshqarish talablariga muvofiq, quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan xorijiy valyutada kredit tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr panellarini oʻrnatish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish hamda bino va inshootlar poydevorlarini loyihalash normalari va qoidalari Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim qoidalariga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasini hamda fotoelektr stansiyasi faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur boʻlgan yer maydonlarining, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib, Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ijaraga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash yerga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Loyiha kompaniyasi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-85-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 07/22/85/0037-son; 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)