Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) huquqiy hujjatlari (keyingi oʻrinlarda “meʼyoriy hujjatlar” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak va ular rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan meʼyoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinmagan tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar buzilganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-iyuldagi 183-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 341-modda)
meʼyoriy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va sanasi koʻrsatilmagan holda tarqatilishi va eʼlon qilinishi taqiqlanadi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidalar vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan meʼyoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida rasman eʼlon qilinishi kerak.
(1-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 97-modda. 2017-yilning 25-sentabridan boshlab kuchga kiradi)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan Nizomni qoʻllashga doir tushuntirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlar qabul qilish va qoʻllash shuningdek, qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish boʻyicha ishini nazorat qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga oʻn kun muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish yoki davlat roʻyxatidan oʻtmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qoʻyish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan daʼvolar sudga berilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi negizida Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 9-oktabr,
469-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar (keyingi oʻrinlarda vazirliklar va idoralar deb ataladi) tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda meʼyoriy hujjatlar deb ataladi), ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi maʼlumotlarning xususiyatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qoʻmitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek umumiy majburiy tusdagi meʼyoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan davlat boshqaruvi respublika organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy majburiy tusdagi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi;
idoralararo tusga ega boʻlgan;
mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan meʼyoriy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
texnik reglamentlar;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar;
sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya normalari va qoidalari;
shaharsozlik normalari va qoidalari;
ekologik normalar va qoidalar;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar.
Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda hisobga olinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ularni oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtmagan meʼyoriy hujjatlar qoʻllanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur meʼyoriy hujjatning noqonuniyligi toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilishga haqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan meʼyoriy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan organga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Meʼyoriy hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Normativ hujjatlarga:
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiya, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik, qoʻshimcha toʻlov va yigʻimlarni belgilaydigan, ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan, ular uchun asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Normativ hujjatlar Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida meʼyoriy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar shaklida qabul qilinadigan meʼyoriy hujjatlar va boshqa hujjatlar buyruqlar va qarorlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar va boshqalar), shuningdek yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan hujjatlarga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo boʻlgan taqdirda, agar ushbu masalalarni meʼyoriy tartibga solish oʻz vakolatlariga kirsa, tegishli meʼyoriy hujjatlarni oʻz vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga tegishli meʼyoriy hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan meʼyoriy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir oydan oshmasligi kerak.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Meʼyoriy hujjatda mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasining qaysi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Meʼyoriy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlash kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Meʼyoriy hujjat oʻz mazmuniga mos qisqacha nomlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar meʼyoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi — muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma boʻlgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Meʼyoriy hujjat qoidalari loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Zaruriyat boʻlgan taqdirda meʼyoriy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilingan holda undan ayrim qoidalar takrorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meʼyoriy hujjatda, qoidaga koʻra, oldin vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Meʼyoriy hujjatlar matniga qonun hujjatlariga havolalar kiritishga faqat istisno hollarda yoʻl qoʻyiladi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur meʼyoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Meʼyoriy hujjatning har bir bandida bitta huquqiy norma boʻlishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar meʼyoriy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Meʼyoriy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Meʼyoriy hujjatda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
hujjat turining belgilanishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
tartibga solish mavzusini belgilovchi nom;
hujjatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
10. Agar meʼyoriy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotishi eʼtirof etilishini yoki ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan meʼyoriy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Meʼyoriy hujjatga:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
meʼyoriy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, meʼyoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan boshqa holatlar);
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur organ tomonidan ushbu masala boʻyicha ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu masala boʻyicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni oʻzgartirish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tayyorlangan meʼyoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati tomonidan oʻtkaziladigan huquqiy ekspertizadan oʻtishi kerak.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan meʼyoriy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qoʻyilgan, ilova qilingan maʼlumotnoma esa imzolangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan meʼyoriy hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganishni talab etgan hollarda, hujjatni koʻrib chiqish muddati 20 kungacha uzaytirilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Zarurat boʻlsa, huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda Adliya vazirligi qoʻshimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, meʼyoriy hujjatlar boʻyicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega boʻladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agar taqdim etilgan meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlgan va mazkur Nizomning II boʻlimida koʻrsatilgan talablariga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Meʼyoriy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish unga adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida unikal raqam bergan holda davlat reyestriga kiritish orqali amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Meʼyoriy hujjat, agar hujjatning oʻzida yanada kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va bajarilishi kerak.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi normativ hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuchga kirishi muddati koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda normativ hujjatning kuchga kirishi muddati u rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oydan kam boʻlmasligi kerak.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Agar meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlsa, mazkur Nizomning II boʻlimi talablariga javob bermasa, yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa, meʼyoriy hujjatni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan meʼyoriy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organlarga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan meʼyoriy hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga koʻra qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni mukammallashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakuniy qoidalar
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qonun hujjatlari oʻzgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻz normativ hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar ushbu holda oʻn kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy hujjatlardagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi meʼyoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu meʼyoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meʼyoriy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Nizoli masalalar paydo boʻlgan, shuningdek, meʼyoriy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha meʼyoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini toʻxtatishga haqlidir. Meʼyoriy hujjatning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga joʻnatiladi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi oʻzgartirilgan taqdirda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunda belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini taʼminlashi shart.
Vazirliklar va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan meʼyoriy hujjatlarning rasmiy sharhlash zarurligi toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror faqat u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin bajarish uchun yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)