Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.10.1997 yildagi 483-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 23.10.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARDAN SOLIQLAR VA YIGʻIMLARNI UNDIRIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni hisobga olish va ularni soliqqa tortish tizimini tartibga solish, soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish hisobiga soliqlar bilan toʻla qamrab olish va ularning tushishini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1997-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar sotish (xizmatlar koʻrsatish)dan olingan tushum kassa daftarida kirim qilinmasdan savdo qilinishi (xizmatlar koʻrsatilishi) uchun ularga soliq organlari tomonidan eng kam ish haqining 10 baravari, bu hol qaytarilganda esa 50 baravari miqdorida moliyaviy jazo koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsni tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma boshqa shaxsga berilgan yoki boshqa shaxsga tegishli guvohnoma boʻyicha tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi olib qoʻyiladi, qoida buzuvchiga nisbatan esa tegishli maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishlari va har kunlik naqd tushumni bankka topshirishlari kerak. Bunda ular bankdagi oʻz hisob-kitob (shaxsiy) schyotidan topshirilgan naqd tushum miqdorida naqd pul mablagʻlari olishga haqlidirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning soliq organlarida hisobdan oʻtishdan bosh tortishlari ularga eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida jarima solishga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar nomiga chet ellardan tovarlar kelganda ular jismoniy shaxs tomonidan yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etilgan taqdirdagina bojxonada rasmiylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan daromad (savdo, ishlar, xizmatlar) olgan holda bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda ularga soliq organlariga daromadlari haqida bir martalik deklaratsiya taqdim etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi daromad olgan holda bir martalik operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha daromadlar haqida bir martalik deklaratsiya shaklini va uni taqdim etish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, 1997-yil 1-noyabrdan boshlab yoʻlovchilar va yuk tashuvchi jismoniy shaxslar oʻz faoliyatini faqat Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasidagi faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarorida belgilangan tartibda beriladigan litsenziya boʻyicha amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori yuridik shaxslar uchun amalda boʻlgan stavkalarning 10 foizi miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq organlariga ayrim hollarda va belgilangan tartibda tegishli soliq toʻlovlari uchun mablagʻlarni bevosita aholidan yigʻishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tegishli soliq toʻlovlarini bevosita aholidan qabul qilish, ularni budjetga oʻtkazish tartibi va shartlarini, kvitansiya shakllarini, shuningdek, ularni hisobga olish va ular boʻyicha hisobot berish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini va ularning Pensiya jamgʻarmasiga badal ajratishi tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maqroiqtisodiyot va statistika vazirligining Statistika davlat departamenti yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning faoliyatini muntazam ravishda bir yoʻla statistik tadqiq qilsin, unga jismoniy shaxslardan belgilangan shaklda zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Maqroiqtisodiyot va statistika vazirligining Statistika davlat departamentiga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning belgilangan qoidalariga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlasinlar, davlat roʻyxatidan oʻtmasdan va tegishli roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi (patent) olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish hollariga yoʻl qoʻymasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishda aniq joyni koʻrsatmasinlar, ularga oʻz faoliyatini davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan joylarda amalga oshirish imkoniyatini bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik buyum bozorlarida yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning hujjatlari qabul qilinishini va ularga roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilishini tashkil etsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari (mahalla qoʻmitalari) bilan birgalikda tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borsinlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanish hollarini aniqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashirib qolingan yoki kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad)ning barcha summasini va shu miqdordagi jarimani undirib olish tarzidagi moliyaviy jazolar soliq organlari tomonidan hujjatlar boʻyicha tekshirish yakunlari va soliq toʻlashdan bosh tortish yoki foyda (daromad)ni yashirish (kamaytirib koʻrsatish)ning 1-ilovaga muvofiq belgilari mavjud boʻlgandagina qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqarishda soliq qonunchiligining buzilishiga hisob-kitoblarni buzib koʻrsatish sifatida qaraladi va moliyaviy jazolar, shu jumladan, penya, soliq solinadigan bazaga hisoblab qoʻshilgan summaga nisbatan qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni, mazkur qarordan kelib chiqqan holda, muvofiqlashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov, Davlat soliq qoʻmitasi raisi V. Beganov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foyda (daromad)ni qasddan yashirish va soliq toʻlashdan bosh tortishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BELGILARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hujjatlarni soxtalashtirish (tuzatish, noqonuniy toʻgʻrilash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qalbaki boshlangʻich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga qoʻshib hisobdan chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish haqi yozish yoʻli bilan mehnatga haq toʻlash xarajatlarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga oʻtkazish (sotish hajmini va daromadni qasddan kamaytirish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moddiy, yoqilgʻi-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) miqdorini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni notoʻgʻri qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hujjatlarni yoʻq qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sotish joylarida buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larning mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan va soliq organlarida hisobga turmasdan xoʻjalik (tadbirkorlik ) faoliyatini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat soliq xizmatining yozma bildirishnomasi mavjud boʻlgani holda ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etmaslik.
Keyingi tahrirga qarang.