Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARDAN SOLIQLAR VA YIGʻIMLARNI UNDIRIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni hisobga olish va ularni soliqqa tortish tizimini tartibga solish, soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish hisobiga soliqlar bilan toʻla qamrab olish va ularning tushishini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxsni tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma boshqa shaxsga berilgan yoki boshqa shaxsga tegishli guvohnoma boʻyicha tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, qoida buzuvchiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda esa tegishli maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
turgʻun savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishlari va har kunlik naqd tushumni bankka topshirishlari kerak.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 14-son, 111-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)
5. Soliq organlariga ayrim hollarda va belgilangan tartibda tegishli soliq toʻlovlari uchun mablagʻlarni bevosita aholidan yigʻishga ruxsat etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tegishli soliq toʻlovlarini bevosita aholidan qabul qilish, ularni budjetga oʻtkazish tartibi va shartlarini, kvitansiya shakllarini, shuningdek, ularni hisobga olish va ular boʻyicha hisobot berish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini va ularning Pensiya jamgʻarmasiga badal ajratishi tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda taqdim etsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
jismoniy shaxslar tomonidan yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning belgilangan qoidalariga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlasinlar, davlat roʻyxatidan oʻtmasdan va tegishli roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi (patent) olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish hollariga yoʻl qoʻymasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
fuqarolarning mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari (mahalla qoʻmitalari) bilan birgalikda tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borsinlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanish hollarini aniqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni, mazkur qarordan kelib chiqqan holda, muvofiqlashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov, Davlat soliq qoʻmitasi raisi V. Beganov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 23-oktabr,
483-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)