Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1883-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 22-noyabrdagi 26/6-son qarori (roʻyxat raqami 1883, 2008-yil 23-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 52-son, 535-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-yanvar,
31/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Vakolatxonani akkreditatsiya qilganlik uchun toʻlovlar undirilmaydi.”.
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Vakolatxonaga akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi sertifikat beriladi.”.
4. 13-band “vakolatxonalarini roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi” degan soʻzlardan keyin “hamda ushbu axborot Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-saytida eʼlon qilinadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 17-bandning “b” kichik bandi “pasporti” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 19-bandning “g” kichik bandi “pasport” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 37-band “Bankka va uning Vakolatxonasiga xabar beradi” degan soʻzlardan keyin “hamda ushbu axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-saytida eʼlon qiladi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025)