Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-862-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-862-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 4-dekabrda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-862-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-dekabr,
1614-IV-son