Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi KEngashining
Qarori
“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-812-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 14-sentabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-812-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-dekabr,
1697-IV-son