Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrini, kasbiy standartlarning milliy registrini, malakani baholash markazlarining registrini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrini, kasbiy standartlarning milliy registrini, malakani baholash markazlarining registrini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-dekabr,
1632-IV-son