Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“MDH ishtirokchi-davlatlarining soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlardan foydalanishning oldini olish va unga chek qoʻyish boʻyicha hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitimni (Minsk, 2021-yil 28-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-865-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 13-dekabrda kiritilgan “MDH ishtirokchi-davlatlarining soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlardan foydalanishning oldini olish va unga chek qoʻyish boʻyicha hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitimni (Minsk, 2021-yil 28-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-865-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-dekabr,
1716-IV-son