21.12.2021 yildagi 1682-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayevning “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi bajarilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayevning “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi bajarilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, keyingi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga, qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalashga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga, ushbu sohaga bozor munosabatlarini joriy etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida (bundan buyon matnda Strategiya deb yuritiladi) belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 5 ta Farmoni va 8 ta qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11 ta qarori qabul qilindi, qator chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan chora-tadbirlar, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida 2021-yilda mamlakatimiz “Global oziq-ovqat xavfsizligi” indeksida 113 ta mamlakat orasida 78-oʻrinni egallab (2020-yilda 83-oʻrinda edi), 5 pogʻonaga yuqorilagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida shu yilning oʻtgan davrida 25 ta paxta-toʻqimachilik, 80 ta gʻallachilik, 13 ta sholichilik va 1 ta dorivorlar yetishtirish klasteri faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavotlarni qayta ishlash sohasini yanada rivojlantirish, tadbirkorlarga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish uchun shu yilning oʻzida quvvati 88 ming tonna boʻlgan 8 ta zamonaviy agrologistika markazi va 51,5 ming tonna quvvatga ega 56 ta sovutgichli omborxona qurib, ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasida investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga alohida eʼtibor qaratilib, joriy yilning oʻtgan davrida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 7 ta loyiha doirasida 154 mln. dollarlik mablagʻlar oʻzlashtirilgan. Mazkur mablagʻlar hisobidan 367 ta loyiha moliyalashtirildi va 7 173 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda deputatlar ham soha rivojini taʼminlash, yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining yaratilishi masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar, joylarga chiqqan holda mavjud holat va muammolarni oʻrgandilar. Oʻrganishlar yakunlaridan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillarining takliflari asosida deputatlar tashabbusi bilan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi mutlaqo yangi qonun loyihalari ishlab chiqilib, qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari ajratishning shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etishga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalaridan samarali foydalanishga qaratilgan “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasi, mutasaddi vazirliklar, idoralar va fuqarolarning yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflari asosida amaldagi Yer kodeksining yangi tahriri ishlab chiqilib, ayni paytda kodeks loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish choralari koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Strategiya doirasida yerdan foydalanuvchilar reyestri boʻyicha 3 mln gektardan ortiq sugʻoriladigan yerlarning monitoringini yoʻlga qoʻyish, besh turdagi asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarining (paxta, gʻalla, sholi, kartoshka, moyli ekin) ekilishini kosmik surʼatlar yordamida tahlil qilishga doir vazifalar ijrosi toʻliq yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokamalar davomida deputatlar qishloq xoʻjaligida suvni tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish koʻlamini kengaytirish, klasterlar faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarining narxi barqaror boʻlishini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish zarurligini qayd etib oʻtdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayevning “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi bajarilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyada 2021-yilda amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishga eʼtiborni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga koʻmaklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirishga oid dasturlar tizimli bajarilishiga erishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash hamda sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini yanada kengaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirishga investitsiya loyihalarini keng jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh turdagi asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarining (paxta, gʻalla, sholi, kartoshka, moyli ekin) ekilishini kosmik tasvirga tushirish yordamida tahlil qilish boʻyicha boshlangan ishlarni yakuniga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi Strategiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan muntazam ravishda parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1682-IV-son