Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi QL-803-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish toʻgʻrisida”)
(“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish toʻgʻrisida”gi QL-803-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-dekabr,
1706-IV-son