20.12.2021 yildagi 1676-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining faoliyatida sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan yanada samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qonunlar va qonunosti hujjatlari ijrosi holatini oʻrganish, joylarda saylovchilarni oʻylantirib kelayotgan tizimli muammolarni parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalangan holda hal etish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan joriy yilda jami 12 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi. Ulardan 6 tasi qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini oʻrganishga, 6 tasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tadbirlarning taʼsirchanligi hamda natijadorligini oshirish, shuningdek ularning sifatli tashkil etilishini taʼminlash maqsadida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan oʻtkazilgan “Yoshlar oʻzi, armiya va vatanparvarlik haqida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash: fikrlar, baholar va ijro haqida”gi va yana boshqa qator soʻrovlar tahlilidan keng foydalanildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2022-yilda harbiy xizmatchilarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va muddatli harbiy xizmatga tayyorlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalarida sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish yuzasidan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markaziga 2022-yil uchun buyurtma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ish rejalaridan kelib chiqqan holda hamda har bir qoʻmita faoliyatining oʻziga xos jihatlarini inobatga olib, aniq yoʻnalishlar va sohalarda sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markaziga buyurtmalar berish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1676-IV-son