20.10.1997 yildagi 481-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.09.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT MULKINI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHDAN TUSHGAN MABLAgʻLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻgʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni jamlash va ulardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish uchun beriladigan kreditlardan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni oʻz vaqtida qaytarish investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashning qoʻshimcha kafolatlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarining schyotlaridagi xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Davlat mulki davlat tasarrufidan chiqarilganda va xususiylashtirilganda, obyektlar kim oshdi savdolarida, tanlovlar va birja savdolarida sotilganda haq toʻlashning, tushgan mablagʻlarni taqsimlash va hisobga olishning, ushbu mablagʻlarning tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishning Yagona tartibi”ni oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank va “Biznes-fond” bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarga maxsus schyotlar ochilishini va banklar tomonidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan holda qarz oluvchilar va kreditorga kassa xizmati koʻrsatish funksiyasi bajarilishini nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 1998-yil 1-fevralgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-yanvargacha amalga oshirilgan dasturlar boʻyicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan mablagʻlar toʻliq tushishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlarning va boshqa debitorlarning qaytarilishiga ishonch boʻlmagan qarzlari tuzilmasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qarorining 8-bandi 1998-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.A. Chjen va Moliya vaziri J.B. Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481-son