27.11.2021 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoxud psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni (bundan buyon matnda kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar deb yuritiladi) qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlarini koʻrib chiqishda, sudlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlari bilan bir qatorda quyidagilarga amal qilishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-sonli qaroriga 1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati litsenziyalanishi shart boʻlgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga 1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori bilan tasdiqlangan quyidagi roʻyxatlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (I roʻyxat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (II roʻyxat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop moddalarning roʻyxati (III roʻyxat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan prekursorlarning roʻyxati (IV roʻyxat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 2511-moddasida nazarda tutilgan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish deganda, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, xuddi shuningdek, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun moʻljallangan asbob-uskunalarni oʻtkazish maqsadida tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish yoki oʻtkazish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash deganda, ularni qonunchilikni buzgan holda kimyoviy moddalardan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosidan bir marotaba yoki koʻplab olishga qasddan qaratilgan harakatlar tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda qayta ishlash deganda, tarkibida bir yoki bir necha kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar mavjud qattiq yoki suyuq aralashmalarni qoʻshimcha moddalardan tozalash (rafinatsiya) yoxud bunday aralashmada kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar nisbatini koʻpaytirish, shuningdek, boshqa farmokologik aktiv moddalar bilan aralashtirish orqali ularning odam organizmiga taʼsirini kuchaytirish tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda olish deganda, ularni har qanday usulda olish, shu jumladan, sotib olish, hadya tariqasida yoki bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmat yoki qarzni uzishda oʻzaro hisob-kitob vositasi sifatida olish, shuningdek, boshqa tovarlar yoki ashyolar bilan almashtirish, topilmani oʻzlashtirish tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda saqlash deganda, shaxsning bunday moddalarga qonunga zid ravishda egalik qilish bilan bogʻliq qasddan sodir etilgan harakatlari (yonida, binoda, maxfiy joy va boshqa joylarda saqlashi) tushunilishi lozim. Bunda shaxs kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qancha vaqt davomida qonunga xilof ravishda saqlaganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda tashish deganda, ularni har qanday transport turidan yoki tashish vositasi sifatida qoʻllanilgan qandaydir obyektdan foydalangan holda bir joydan boshqa joyga, shu jumladan, bir aholi punkti doirasida koʻchirish, shuningdek, qayd etilgan vosita va moddalarni bunday faoliyat turi bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxsning masʼul shaxsi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda tashish tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda joʻnatish deganda, shaxsning pochta aloqasi, havo yoki boshqa transport turidan foydalanib, ularni pochta joʻnatmalari, posilkalar yoki yuk (bagaj) sifatida, shuningdek, oʻzi bevosita ishtirok etmagan holda boshqa shaxs orqali qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda koʻchirishga qasddan qaratilgan harakatlari tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik shaxsda kelgusida mazkur moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish qasdi mavjud boʻlganidagina, vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish deganda, ularni har qanday usulda haq evaziga yoki tekinga (sotish, hadya etish, almashtirish, qarzi evaziga berish yoki qarz sifatida berish va h.k.) boshqa shaxsga berish tushunilishi lozim. Bunda moddalar shaxs tomonidan bevosita yoki boshqa usulda (masalan, ular saqlanadigan joy haqida xabar berish, shartlashilgan joyga qoʻyib ketish) amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aybdor tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarning faqat bir qismi qonunga xilof ravishda oʻtkazilib, qolgan qismi keyinchalik surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida aniqlangan hollarda, aybdorning harakatlari kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarning umumiy miqdoridan kelib chiqib, qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalar miqdorlari, shuningdek, ularni tayyorlash yoki qayta ishlash uchun moʻljallangan asbob-uskunalarga (priborlar, apparatlar, asboblar, inshootlar, texnologik komplekslar va h.k.) oid masalalarni hal qilishda sudlar tegishli davlat organining Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-sonli qaroriga 1-ilova) asoslanib berilgan xulosasiga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar shaxs tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar niqobi ostida qandaydir boshqa moddalar oʻtkazilgan boʻlsa, uning qilmishi firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda oluvchining harakatlari, qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni yoki ularni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olishda vositachining harakatlari, mazkur moddalarni yoki asbob-uskunalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazishda ishtirokchilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Aybdorda kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazishga qasd mavjudligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, sudlar bunday vosita yoki moddalar haqiqatdan oʻtkazish maqsadida tayyorlab qoʻyilganligiga oid dalillar majmuidan kelib chiqishlari lozim. Bunday dalillarga, masalan, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar faqat isteʼmol qilinishini istisno etadigan miqdorda topilganligi, bunday moddalar muayyan dozada qadoqlanganligi, ular tashish yoki joʻnatishda maxsus maxfiy joyga yashirilganligi, ularni tayyorlash uchun asbob-uskunalar mavjudligi va h.k. kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni koʻp miqdorni tashkil qilmaydigan miqdorda oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish uchun aybdorlar har qanday hollarda JK 2511-moddasining birinchi qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur harakatlar aybni ogʻirlashtiruvchi holatlarda — takroran, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan guruh tomonidan yoxud koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, qilmish tegishli ravishda JK 2511-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat tarkibi formal boʻlganligi sababli, mazkur jinoyat qonunida koʻrsatilgan harakatlardan biri sodir etilgan vaqtdan boshlab tamomlangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlarga tushuntirilsinki, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoʻli bilan tashish yoki joʻnatish JK 246 va 2511-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 1651-moddasining uchinchi qismi bilan javobgarlikka sabab boʻladi. Agar bunday harakatlar maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgandan soʻng yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, aybdorning harakatlari JK 1863-moddasining beshinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini bunga ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlmagan dorixonalarda realizatsiya qilish kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida baholanishi va JK 2511-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini berish uchun moʻljallangan retseptni ularni shaxsan isteʼmol qilish maqsadida qalbakilashtirish JK 228-moddasi bilan, retsept bunday vositalarni oʻtkazish maqsadida qalbakilashtirilganda esa, JK 228 va 2511-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatish qoidalarini buzish (JK 2511-moddasining toʻrtinchi qismi) odamning uzoq muddat davomida kasallanishi, atrof-muhitning zaharli moddalar bilan ifloslanishi va hk.larda ifodalanishi mumkin. Ehtiyotsizlik orqasida badanga shikast yetkazilishi yoxud odam oʻlishi JK 2511-moddasining toʻrtinchi qismi bilan qamrab olinadi va JK Maxsus qismining inson hayoti va sogʻligʻiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlar mazkur toifadagi ishlar boʻyicha jazo tayinlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masalani sudlar ularni saqlash, davlatga topshirish va yoʻq qilishning oʻrnatilgan tartibiga qatʼiy amal qilgan holda hukmda hal etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar sudlar tomonidan qonunga muvofiq koʻrilishini taʼminlasinlar va sud xatolarini oʻz vaqtida tuzatish yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son