Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON DAVLAT QIShLOQ XOʻJALIGI VA AVTOMOBIL MAShINASOZLIGI KONSERNI VA “DEU KORPOREYShN” KOMPANIYASI TOMONIDAN TOShKENTDAGI “ZENIT” ZAVODI NEGIZIDA “OʻZDEUELEKTRONIKS” QOʻShMA KORXONASI TAShKIL ETILIShI TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 10 NOYABRDAGI 514-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan davlatlararo bitimga muvofiq “Oʻzdavqishloqxoʻjalikmash”konserni bilan “DEU korporeyshn” korporatsiyasi oʻrtasida imzolangan bitimga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“OʻzDEUelektroniks” qoʻshma korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yordamida oʻz mahsulotini sotishdan olinadigan daromadlar hisobiga paxta tolasi (erkin narxlarda), mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, rangli metallar sotib olish va belgilangan tartibda eksport qilish huquqi berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-yanvar,
48-son