Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TUZILMASIDAGI OʻZGARIShLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm boʻlimi hamda ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim boʻlimi tugatilib, ular negizida ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi tuzilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-yanvar,
49-son