Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Hukumat aloqa xizmati haqida Nizomning:
1 boʻlim 11-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlim 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlim 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarorining:
1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vaziri” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning:
I boʻlimi 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
III boʻlimning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni oʻtash amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar va konsernlarning roʻyxatidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va uni oʻtash tartibi toʻgʻrisida Nizomga ilova) “Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
d) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarorining:
nomidagi “va aloqa” va “toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻl, havo va avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanishga oid faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (2-ilova) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2-bandning birinchi xatboshidagi “va aloqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarori 2-bandining:
birinchi xatboshidagi “Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Aloqa vazirligi bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
j) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Intelsat” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirishi toʻgʻrisida” 1997-yil 24-fevraldagi 105-son qarorining 2-bandidagi “Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi toʻgʻrisida” 1995-yil 1-avgustdagi 307-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 23-oktabr,
482-son