15.12.2021 yildagi SQ-450-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijro etilishining borishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik- kommunikatsiya, ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirishga qaratilgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4889-sonli qaroriga muvofiq 1 359 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan boʻlib, hozirda 1 065 ta (78 foiz) loyiha ishga tushirilgan hamda 8 372 ta yangi ish oʻrni tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sharoiti ogʻir toifaga kiritilgan 45 ta mahalla va ovullarda xizmat koʻrsatish sohasida 74 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil qilingan, barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari kompyuter texnikalari va mebel jihozlari bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan qiymati 23,9 mln AQSh dollariga teng 11 ta loyiha ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan loyihalar uchun tarmoq jadvallari asosida kredit ajratilishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim muammoli masalalar ham yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan 124 ta loyihani ishga tushirish muddatini uzaytirish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraoʻzak tumanida qiymati 3 mlrd soʻm va Qoʻngʻirot tumanida qiymati 5,5 mlrd soʻm boʻlgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shahobchalarini tashkil etish loyihalariga Energetika vazirligi tomonidan ruxsatnoma taqdim etish muddati kechiktirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Qoraoʻzak tumanida vermikulit qazib olishni kengaytirish va uni chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 8,9 mlrd soʻmga teng 3 ta loyiha boʻyicha Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasidan litsenziya olish uchun hujjatlar rasmiylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari tomonidan ilgari surilgan qiymati 555,5 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 5 ta loyiha boʻyicha ishlar oxiriga yetkazilmagan, 280,3 mln AQSh dollari hajmidagi 13 ta loyiha esa qayta tahlil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Janubiy Qoraqalpogʻistonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi boʻyicha joriy yilda rejalashtirilgan 56,2 mln AQSh dollari hajmidagi kredit mablagʻlarning atigi 21,32 mln AQSh dollari (38 foiz) oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Nukus, Beruniy, Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Qoraoʻzak va Amudaryo tumanlaridagi suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya ishlari uchun joriy yilda oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan 21,9 mln AQSh dollariga teng mablagʻning 1,7 mln AQSh dollari (8 foizi) oʻzlashtirilgan xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi B. Alixanovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirish muddatini uzaytirish zarurati mavjud boʻlgan 124 ta loyihani qayta tahlil qilish chorasini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq investitsiya loyihalariga Energetika vazirligi tomonidan dislokatsiya (ruxsatnoma), shuningdek, vermikulit qazib olishni kengaytirish va uni chuqur qayta ishlash boʻyicha loyihalarga Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan qisqa muddatlarda litsenziya berilishini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari tomonidan ilgari surilgan loyihalarni maqsadga muvofiqligini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarda mablagʻlarning past darajada oʻzlashtirilishi boʻyicha tahlil oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilning 10-martiga qadar belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Senatiga tahliliy maʼlumot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan qatʼiy deputatlik nazoratini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirilgan va amalga oshirilayotgan loyihalarning ahamiyatini jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oliy Majlis Senati Kengashiga tahliliy maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-450-IV-son