Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining
qarori
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3165-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi OʻRQ-583-son “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-son “Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining 2019-yil 29-apreldagi 6-son qarori (roʻyxat raqami 3165, 2019-yil 7-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 10/19/3165-son) bilan tasdiqlangan Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais N. BAKIROV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-dekabr,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “urugʻliklar turkumi” degan soʻzlar “urugʻliklar toʻdasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tekshirish uchun urugʻliklardan namunalar olish urugʻlik yetkazib beruvchi ishtirokida Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) xodimi (bundan buyon matnda Masʼul shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”.
3. 16-banddagi, 17-bandning birinchi xatboshisidagi, 18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 20 va 21-bandlardagi, 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 8-ilova matnidagi “Markaz” degan soʻz “Institut” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 17-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 1-ilova matnidagi “huzuridagi Oʻrmon va dorivor oʻsimliklari tahlil Markaziga” degan soʻzlar “Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)