16.01.1993 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING OʻZBEKISTON TARIXI MUZEYI EKSPOZITSIYASINI KENGAYTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tarixini, uning badiiy madaniyatining, zargarlik va xalq amaliy sanʼatining rang-barangligini keng targʻib qilish, shuningdek muzeylarning moddiy-texnika negizlarini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining osori atiqa va zargarlik sanʼati muzeyi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston tarixi muzeyi tarkibida Osori atiqa-zargarlik fondi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yilning 20-yanvariga qadar qimmatbaho metallardan va toshlardan yasalgan barcha muzey eksponatlarini Oʻzbekiston Davlat qimmatbaho buyumlar xazinasiga vaqtinchalik saqlashga topshirsin, qolgan eksponatlarni esa Oʻzbekiston tarixi muzeyining ekspozitsiya zallariga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yilning 25-yanvariga qadar Oʻzbekiston tarixi muzeyiga ish haqi fondi bilan birga 14 nafar xodim, ixtisoslashtirilgan muzey jihozlari hamda sobiq osori atiqa va zargarlik sanʼati muzeyini saqlashga ilgari ajratilgan mablagʻlarning bir qismini bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yilning 1-fevraliga qadar osori atiqa va zargarlik sanʼati muzeyining boʻshayotgan binosini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi balansiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi Oʻzbekiston tarixi muzeyi binosida barpo etilayotgan Osori atiqa-zargarlik fondi uchun maxsus ombor qurilishining loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shu maqsadlar uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan zarur mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi 1993-yilning 1-martiga qadar oʻz tasarrufidagi qurilish tashkilotlarining kuchi bilan osori atiqa va zargarlik sanʼati muzeyining boʻshatilayotgan binosida zarur taʼmirlash ishlarini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 18-oktabrdagi 442-r-son farmoyishining OʻzSSR davlat sanʼat muzeyi (osori atiqa va zargarlik sanʼati muzeyi) Osori atiqa-zargarlik fondiga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M.Q. Qoraboyev va K.N. Toʻlaganov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 16-yanvar,

35-son