Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024 27.11.2021 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenuminning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlarini kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 9-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek qonun normalari bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlarining kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari hujjatlarining qonuniyligi va asosliligi, ular tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilishini va protsessual qonun talablariga rioya etilishini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 403-moddasiga muvofiq, birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi quyidagilarga tegishli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar, arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar va uchinchi shaxslarning huquqiy vorislariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarining himoyasida ariza bergan davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar va alohida fuqarolarga (FPK 53-moddasining birinchi qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokurorga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilishga, basharti bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlgandagina haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatiga huquq oʻtganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protesti keltirishga, prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha esa, FPK 403-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlganda kassatsiya protesti keltirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tushuntirilsinki, qonunda kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti yuzasidan muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud buyruqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonunda ustidan shikoyat berish nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydigan ajrimlari (masalan, ish muhokamasini keyinga qoldirish haqidagi, dalillarni tekshirish tartibini belgilash haqidagi ajrimlar va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi ajrimi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi (FPK 405, 4051-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FPK 152-moddasiga koʻra, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati apellatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi va mazkur muddat oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi. Bunda apellatsiya instansiyasi sudi ajrimining faqat xulosa qismi eʼlon qilinishi kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini hisoblashga taʼsir koʻrsatmaydi, biroq muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani hal qilishda inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar FPK 152-moddasining yettinchi qismida koʻrsatilgan usulda joʻnatilgan boʻlsa, muddat oʻtmagan hisoblanadi. Bunday holda kassatsiya shikoyati (protesti) berish sanasi aloqa xati qabul qilinganligini tasdiqlovchi konvertdagi shtamp, buyurtma xat qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya yoxud boshqa hujjat boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati manfaatdor shaxs iltimosnomasiga koʻra, basharti u kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin (FPK 4051-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga beriladi. Qayd etilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimos bevosita kassatsiya shikoyati (protesti) matnida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual harakatni amalga oshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar uzrli sabablarga kiritilishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning kasalligi, nochor ahvoli, uning oilaviy ahvoli (oila aʼzosining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda kassatsiya shikoyatini berishni istisno etgan yoxud jiddiy ravishda qiyinlashtirgan boʻlsa, uzrli sabablar deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning yordami uchun yoki davlat boji toʻlash uchun pul mablagʻlarining mavjud emasligi, yuridik shaxs vakilining xizmat safarida, mehnat taʼtilida boʻlishi, huquqshunosning yoʻqligi kassatsiya shikoyati berish muddati oʻtkazilganligining uzrli sabablari sifatida koʻrilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi masala sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilayotganda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddat oʻtkazilganligi munosabati bilan kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi FPK 4073-moddasida nazarda tutilgan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. FPK 406-moddasida kassatsiya shikoyati (protesti) shakli va mazmuniga doir talablar belgilanganligi sababli, sudya har bir holda kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs tomonidan qonunda koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganligini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunga koʻra, kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protestiga taraf, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning protest keltirishga asos boʻlgan murojaati koʻchirma nusxasi ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga), shuningdek, qaytarilgan shikoyat (protest) va sudga taqdim etish chogʻida unga ilova qilingan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kassatsiya shikoyati bergan shaxs tomonidan davlat boji toʻlashning qonun bilan belgilangan tartibi va miqdorlariga oid talabga rioya qilinganligi haqidagi masalani hal qilishda sudya “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasining 1-bandi, 8-moddasi va qayd etilgan Qonunga ilova “Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ga amal qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqidagi iltimosnoma sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini qabul qilishda hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tushuntirilsinki, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni suddan talab qilib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni talab qilib olish haqidagi masala sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi va u besh kunlik muddatda FPK 4072-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi::
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 4073-moddasida koʻrsatilgan asoslar aniqlanganda — kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 4074-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda — kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida (FPK 4075-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 4073 va 4074-moddalarida nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga besh kunlik muddat ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim manfaatdor shaxsning arizasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi va shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilinganda, u kassatsiya instansiyasi sudiga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan, deb hisoblanadi (FPK 4073-moddasining oltinchi qismi va 4074-moddasining yettinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. FPK 4076-moddasiga muvofiq, sudya (sud) ishda ishtirok etuvchi shaxslar iltimosnomasiga koʻra, sud hujjatlari ijrosini ish boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda yoxud alohida ajrimda koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari ijrosini toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida yoxud kassatsiya instansiyasi sudining alohida ajrimida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Zarur hollarda sudya (sud) ishda ishtirok etuvchi shaxs iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar FPK 106-moddasida nazarda tutilgan daʼvoni taʼminlash choralarini qoʻrishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qonunga koʻra (FPK 4077-moddasi), kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan boʻlsa, bu haqda kassatsiya shikoyatini sud muhokamasiga koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi, ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va videokonferensaloqa oʻtkazilishida koʻmaklashadigan sudga yuboriladi (FPK 209-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qonunda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilishi vaqti va joyi toʻgʻrisida sud tomonidan xabardor qilinishi majburiyligi belgilanganligi sababli, ishni koʻrish vaqti va joyi haqida protsess ishtirokchilari tegishli tarzda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-birining sud majlisiga kelmaganligi, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga sabab boʻladi (FPK 397, 4077, 417-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlganda ham, agar ulardan biror-biri kelmaganligi sababini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shikoyat (protest) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya instansiyasi sudining majlisiga kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. FPK 413-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar kassatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror esa, protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechilishi, protest qaytarib olinishi munosabati bilan kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish masalasi sud majlisida shaxsning shikoyatdan voz kechishga, protestni qaytarib olishga vakolati borligi tekshirilgandan soʻng hal qilinadi. Bunda shuni inobatga olish lozimki, FPK 69-moddasi mazmuniga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, basharti bu holat ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlmasa, kassatsiya shikoyatidan voz kechishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, kassatsiya shikoyatidan voz kechilganda (protest chaqirib olinganda) kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatiladi, boshqa kassatsiya shikoyati (protesti) mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. FPK 47-moddasiga koʻra, protsessual huquqiy vorislik sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini inobatga olib, taraflardan biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakil nizoli huquqiy munosabatdan chiqib ketganda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi va h.k.), kassatsiya instansiyasi sudi bunday shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyadi va ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishish uchun imkoniyat beradi. Huquqiy voris protsessga kirganligi haqida kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi. Bunda protsessdan chiqib ketgan ishtirokchining barcha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. FPK 415-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati sud tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. FPK 416-moddasi mazmuniga koʻra, ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganida sud ishdagi materiallar boʻyicha quyidagilarni aniqlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning hal qiluv qarori, ajrimida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining ularning mazmuni va shakliga nisbatan qonunda belgilangan talablarga muvofiqligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrib chiqish FPK 417-moddasida nazarda tutilgan tartibda, FPK 45-bobida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. FPK 418-moddasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish FPK 10-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tushuntirilsinki, ishni kassatsiya tartibida koʻrishda sud yangi dalillarni tekshirish va yangi faktlarni aniqlashga haqli boʻlmasdan, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar, shu jumladan, daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi talab, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi ajrimi ishni koʻrish tugashi bilanoq darhol chiqariladi. Alohida hollarda, asoslantirilgan ajrimni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin boʻlib, biroq ajrimning xulosa qismi sud tomonidan kassatsiya muhokamasi tamomlangan majlisda eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kassatsiya instansiyasi sudining eʼtibori kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan har bir vajni uning asosli yoki asossizligi haqidagi xulosani ajrimda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida ishni shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, shu jumladan, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi chiqarilgan ajrimni eʼlon qilganidan soʻng, sud protsessi ishtirokchilariga qabul qilingan ajrimning mazmun-mohiyatini, uning ustidan shikoyat qilish tartibini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish muddatini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. FPK 3991-moddasiga muvofiq, kassatsiya tartibida sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilmaganligi yoxud qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalari buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, basharti bu ishning notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsa, sud hujjatlarini bekor qilishga asos boʻladi. Shu bilan birga protsessual qonunning FPK 3993-moddasida nazarda tutilgan hollarda buzilishi har qanday holda birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarining sud hujjatlarini soʻzsiz bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, agar qonun huquqiy munosabatlar vujudga kelgan paytda amalda boʻlgan qonunchilik hujjati qoʻllanilishiga yoʻl qoʻysa, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan oʻz kuchini yoʻqotgan qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi sud qarorlarini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. FPK 419-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan sud hujjatlari qonunga muvofiq chiqarilgan degan xulosaga kelsa, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan, sud qarorlarini esa, oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kassatsiya instansiyasi sudi FPK 122 va 124-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha sud hujjatlarini butunlay yoki qisman bekor qilishga, arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tushuntirilsinki, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 3991-moddasi birinchi qismining 1-bandi va 3993-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda sud qarorlarini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. FPK 419-moddasining 4-bandini qoʻllashda shuni inobatga olish lozimki, ushbu asos boʻyicha ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmagan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan, shuningdek, arz qilingan talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan hollarda, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo predmeti yoki asosini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani (FPK 44-moddasining ikkinchi qismi), shuningdek, qarshi daʼvo arizasini (FPK 200-moddasi) ish yuritishga qabul qilishni asossiz rad etilishi hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmaganligi yoki notoʻgʻri hal etilganligi oʻz-oʻzidan sud hujjatini bekor qilishga yoxud oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kassatsiya instansiyasi sudi FPK 261 — 263-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda oʻz tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki ushbu moddalarda koʻrsatilgan boshqa shaxslar arizasiga binoan quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassatsiya instansiyasi sudi ajrimi yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ajrim chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrimni tushuntirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni uni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq, mazkur shaxslarning kelmaganligi bu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan, agar bu qonunda nazarda tutilgan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan boʻlsa, kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berish va uni koʻrish, sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudining ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi ajrimini (masalan, arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi va h.k.) bekor qilinganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga mazmunan koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kassatsiya shikoyati ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilgandan soʻng kelib tushganda, uni bergan shaxsga ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest kiritish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlariga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi (FPK 4073-moddasi birinchi qismining 3-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tushuntirilsinki, FPK 403-moddasida koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlariga ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish haqida protest kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat oʻtgan hollarda esa, ajrim chiqarilgan kundan boshlab bir oy ichida murojaat qilishga haqli. Mazkur muddatlar oʻtganidan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi (FPK 4193-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 3991-moddasi birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish besh nafar sudyadan iborat tarkibda FPK 417-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kassatsiya instansiyasi sudi davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilishi fakti aniqlanganda, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼiy nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli. Agar sud ularning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, bu haqda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy ajrim chiqarilganligi haqida sud majlisida eʼlon qilinadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Fuqarolik ishlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-son