Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-844-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-844-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 8-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-844-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-noyabr,
1497-IV-son