01.11.2021 yildagi 1460-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalq deputatlari Kengashlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mahalliy vakillik organlari faoliyati tubdan oʻzgardi, xalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida hududlarni rivojlantirish bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi turli muammolarni hal etishga doir qator boshqa masalalar tizimli ravishda muhokama qilib borilmoqda. Kengashlarning joylardagi dolzarb masalalarni bartaraf etishdagi roli sezilarli darajada oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlarining jamiyatdagi tutgan oʻrnini, nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, hokim va uning oʻrinbosarlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar va sogʻliqni saqlash idoralari rahbarlarining Kengashlar oldida hisobdorligi qonuniy asosda belgilab qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlariga axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan koʻmaklashuvchi Kotibiyatlar tuzilishi ular faoliyatiga yangicha mazmun-mohiyat olib kirdi, bu oʻz navbatida, deputatlar ishining samaradorligini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Hozirda xalq deputatlari Kengashlari tom maʼnoda xalq va davlat oʻrtasida mustahkam koʻprik vazifasini bajaruvchi organga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugunga kelib xalq deputatlari Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hududlarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, aholini tashvishlantirayotgan muammolarni hal etish borasidagi amaliy hamkorligi barqaror tus oldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari mahalliy vakillik organlari ishida tizimli asosda ishtirok eta boshladilar. Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotgan bir qator qonun loyihalari siyosiy partiyalar fraksiyalari orqali xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarida muhokama qilinmoqda, Kengashlar deputatlarining fikr va takliflari qonun loyihalaridagi normalarni takomillashtirishda inobatga olinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlari har oyning oxirgi haftasida oʻz saylov okruglarida boʻlishlari anʼanaga aylangani esa barcha darajadagi deputatlar joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish imkoniyatini kengaytirdi. Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari joylardagi oʻrganishlarda, saylov okruglaridagi uchrashuvlarda Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birga bevosita qatnasha boshladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislarida muayyan masalalar muhokama qilinayotganda, qonun loyihalari koʻrib chiqilayotganda xalq deputatlari Kengashlari deputatlarini keng jalb qilish, joylarda qonun loyihalari muhokamalarini tizimli ravishda tashkil etish, loyihalar yuzasidan jamoatchilikning fikr-mulohaza va takliflarini Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga taqdim etish amaliyotidan yanada samarali foydalanish dolzarb ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan hududlarda oʻtkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlarida xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining ishtirokini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlarida ham Oliy Majlis palatalaridagi kabi yoshlar parlamenti vakillari maktabi tashkil etish boʻyicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirish ustuvor masala hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasining mahalliy vakillik organlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi Sh. Bafayevning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalq deputatlari Kengashlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fraksiyalarda koʻrib chiqilayotgan masalalardan xalq deputatlari Kengashlarini xabardor qilib borish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislarida xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining ishtirokini doimiy ravishda taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega qonun loyihalarini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida joylarda xalq deputatlari Kengashlari deputatlari bilan keng muhokama qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatining yordamchisi koʻmagida xalq deputatlari Kengashlari bilan oʻzaro maʼlumot almashinuvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashlari Kotibiyatlari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini keng joriy etishga koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda oʻtkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlariga xalq deputatlari Kengashlari deputatlarini keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmitalarning faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, xalq deputatlari Kengashlaridagi doimiy komissiyalar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (Sh. Bafayev) hamda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (A. Aslonov) xalq deputatlari Kengashlarida ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi kabi yoshlar parlamenti vakillari maktabini tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1460-IV-son