Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2925-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qarori (roʻyxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-noyabr,
344-V-6-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-noyabr,
42-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 344-B-6-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 42-son qaroriga
ILOVA
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nobank kredit tashkiloti — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan lombard faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomaga ega boʻlgan lombard tashkiloti yoki mikrokredit tashkilotlari faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan mikrokredit tashkiloti;”.
2. 21-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uchinchi shaxslar mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablagʻlari bilan bajarish uchun murojaat qilganida, shu jumladan bunday operatsiya oʻzaro bogʻliq boʻlib koʻrinadigan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan hollarda;”.
3. 35-bandda:
1-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) uchinchi shaxslar tomonidan mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarining naqd pul mablagʻlari bilan bajarilishi (majburiyatlarda shaxslarning oʻzgarishi);”;
12-kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 391-band bilan toʻldirilsin:
“391. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu nobank kredit tashkilotlarning faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni yiliga kamida bir marta amalga oshiradi va oʻrganish natijalarini tavakkalchiliklarni sektoral baholash toʻgʻrisidagi hisobot koʻrinishida hujjatlar bilan qayd etadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻradi.
Tavakkalchiliklarni sektoral baholash toʻgʻrisidagi hisobot va aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.”.
5. 40-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) mijozlarning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablagʻlari bilan bajarmoqchi boʻlgan shaxslar;”.
6. 49-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shubhali operatsiya haqidagi xabar nobank kredit tashkiloti tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2021-y., 10/21/2925-6/1157-son)