Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1304-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-noyabr,
27/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 11-oktabrdagi 25/7-son “Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 46-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/11-son “Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1304-1, 2006-yil 24-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 186-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 10-oktabrdagi 35/2-son “Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1304-2, 2014-yil 17-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 42-son, 527-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/10-son “Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1304-3, 2016-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 164-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 19-yanvardagi 1/7-son “Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisida nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1304-4, 2019-yil 15-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1304-4/2616-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/1304-5/1150-son)