OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
“Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1927-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-noyabr,
74-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2021-yil 16-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 19-noyabrdagi 74-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-fevraldagi 27-son “Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927, 2009-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 151-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-son “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 2010-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 55-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 28-iyuldagi 45-son “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-2, 2011-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 333-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 3-noyabrdagi 70-son “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-3, 2014-yil 20-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 565-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/1927-4/1149-son)