Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-maydagi 412-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Samarqand viloyatidagi mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, sifatli sement mahsulotini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Oʻ. Umurzakov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-dekabr,
739-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-dekabrdagi 739-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-maydagi 412-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Samarqand viloyati hokimligi va investorning investitsiya loyihasi doirasida 2023-yil 30-oktabrga qadar umumiy qiymati 340 mln AQSh dollarlik sutkasiga 7500 tonna klinker (yillik 3,0 mln tonna sement) ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodini ishga tushirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”.
2. 4-banddagi “2019-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2022-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanidagi sement ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
|
|
ming AQSh dollari | |
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Jami (toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar) |
|
1. |
Loyihaning umumiy qiymati |
340 000,0 |
|
2. |
Kapital qoʻyilmalar hajmi |
340 000,0 |
|
2.1. |
mashina va asbob-uskunalar |
184 500,0 |
|
2.2. |
qurilish-montaj ishlari |
130 000,0 |
|
2.3. |
investitsiya jarayonidagi moliyaviy xarajatlar |
13 428,6 |
|
2.4. |
boshlangʻich aylanma mablagʻlari |
71,4 |
|
2.5. |
boshqa xarajatlar |
12 000,0 |
|
3. |
Yillik ishlab chiqarish quvvati |
650 ming tn M600, 1750 ming tn M500 (oq), 600 ming tn M400 |
|
4. |
Kutilayotgan yillik eksport hajmi |
136 ming tn M600, 336 ming tn M500 (oq), 672 ming tn M400 |
|
5. |
Tashkil etiladigan ish oʻrni |
600 |
|
6. |
Loyihani ishga tushish muddati |
2023-yil oktyabr |
|
7. |
Loyihaning oʻzini qoplash muddati |
6-7 yil |
|
8. |
Investitsiya davrining davomiyligi |
23 oy |
|
|
|
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 09/21/739/1139-son)