Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2166-8]
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166, 2010-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 499-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va hududiy adliya boshqarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining hududiy boshqarmasi rahbarining taqdimnomasini qayta koʻrib chiqish uchun yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-dekabr,
23-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 10/21/2166-8/1135-son)