03.12.2021 yildagi 730-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini moliyalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati uzluksizligini taʼminlash, professor-oʻqituvchilar qoʻnimsizligining oldini olish va boshqaruv qadrlarining malakasini oshirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga qabul kechiktirilganligi natijasida joriy oʻquv yili davomida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamalari kamayishi kutilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya professor-oʻqituvchilari tomonidan 2021/2022 oʻquv yilida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ular uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademiya va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021/2022 oʻquv yilida Akademiyada oʻtgan yillar davomida shakllangan 49 ta professor-oʻqituvchilar shtat birliklarini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) professor-oʻqituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil sentyabr — dekabr oylari uchun Akademiyaning 2021-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasidagi budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yiliga qadar esa Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yilga rejalashtirilgan Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻliq moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya professor-oʻqituvchilarining 2021-yil sentyabr — dekabr oylarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni Akademiyaning 2021-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yiliga qadar esa 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
730-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 09/21/730/1124-son)