Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 10.05.2005 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 10.05.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “SIFAT” OʻZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASh MARKAZI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1 avgutdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 31-martdagi 93-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 220-son qarorining 2-bandi va ushbu qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 10-maydagi 117-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida paxta tolasi va chigitini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz tizimiga Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Paxta chigiti sifatini nazorat qilish markaziy laboratoriyasi, Tekshirish va nazorat qilish markaziy laboratoriyasi, mintaqaviy sinov laboratoriyalari hamda paxta tozalash korxonalari huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan urugʻchilik laboratoriyalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazni va uning mintaqaviy boʻlinmalarini moddiy-texnik taʼminlash, Markaz tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash paxta tolasi va chigitini sertifikatlash ishlarini bajarishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Markazning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan standartlar, metodikalar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda respublika hududida va uning tashqarisida paxta tolasini ishlab chiqarish va saqlash joylarida uning sifatiga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublika paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi turkumlari massasini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jahon bozori va ichki bozor talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va taʼminlash boʻyicha amaliy va ilmiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) paxta tozalash sanoati korxonalarini, paxta tolasi, momigʻi va chigiti xaridorlarini va boshqa tashkilotlarni sertifikatlanadigan mahsulotning standart namunalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda gʻoʻzalarni tolaning yopishqoqligi jihatidan aprobatsiya qilishda, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan ruxsat berilgan paxta tozalash zavodlari tayyorlov punktlarida qabul qilib olishda paxta xomashyosi sifatini nazorat tekshiruvidan oʻtkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlari bilan tuzilgan bitimlariga muvofiq loyihalarni amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) paxta mahsulotini sertifikatlash, tasniflash, sinash usullari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) paxta chigiti ishlab chiqarishni, uning miqdorini, sifatini, undan maqsadli foydalanishni, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, paxta tozalash, yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni sifatli saqlashning taʼminlanishini, tashish vaqtida nobud boʻlishini qisqartirishni, shuningdek qishloq xoʻjaligi korxonalarida urugʻlik chigitdan foydalanishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) paxta chigitiga va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilib olish, yuklab joʻnatish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash metodlariga rioya etilishini muntazam ravishda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan texnik chigitning har qaysi turkumini muvofiqlik sertifikati bergan holda sinashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalariga paxta chigitini saqlash, tozalash, quritish, unga ishlov berish boʻyicha, shuningdek paxta tozalash korxonalarida normativ-texnik hujjatlarni va ilgʻor texnologiyalarni belgilangan tartibda joriy etish, texnik chigitni topshirish-qabul qilib olish mexanizmini takomillashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta tolasi, chigitiga va uni qayta ishlashdan olinadigan boshqa mahsulotlarga davlat standartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sertifikatlash tartibini belgilovchi normativ-texnik, tashkiliy-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi va yangilab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sertifikatlash uchun buyurtmalar qabul qiladi va paxta tolasi va chigiti sifatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) paxta tolasi va chigiti tashqi koʻrinishining standart namunalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) paxta tolasi va chigiti sifatini aniqlash metodlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda zarurat boʻlganda manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda ularni takomillashtirish yuzasidan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) paxta mahsulotlarini sertifikatlash, tasniflash va sinash usullari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi, oʻqitishning shakl va usullarini takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) paxta mahsulotini sertifikatlash sohasida respublikada va uning tashqarisida paxta tolasi va chigitini ishlab chiqaruvchilar, tashqi savdo tashkilotlari va paxta mahsulotlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sifati, saqlanishi, ulardan oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) respublika hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida paydo boʻladigan nizoli holatlarda, shuningdek eksport-import operatsiyalarida oʻz vakolatlari doirasida paxta chigitining sifati boʻyicha sinovlar oʻtkazadi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning balanslarini tuzishda qatnashadi, xarid qilish, shu jumladan import boʻyicha xarid qilish moʻljallanayotgan xomashyoning sifati boʻyicha, shuningdek uni eksport qilishda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) texnologik jarayonlar bilan tartibga solingan paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanish bilan bogʻliq sifat, saqlash, oqilona foydalanish, hisobini yuritish masalalari boʻyicha normativ-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish, tasdiqlash va manfaatdor idoralar bilan kelishishda, shu jumladan ishlab chiqarish, transportda tashish va saqlashda ularning chiqishini, tabiiy kamayish normalarini aniqlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sifatini oshirish va ulardan oqilona foydalanish davlat dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) paxta chigiti sifatining yomonlashishi, kamomadi holatlari va sabablarini aniqlaydi, zarurat boʻlganda ularni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar beradi hamda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar resurslarining saqlanishi va ulardan foydalanish ishlarining ahvoli toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bevosita va mintaqaviy sinov boʻlinmalari orqali hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Markazning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) respublikadagi ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar uchun majburiy boʻlgan paxta tolasi va chigitining milliy standartlarga muvofiqlik sertifikatini belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) paxta tolasi va chigitini eksportga yetkazib berish jarayonida uning sifatiga baho berilayotganda, sifat masalalari koʻrib chiqilayotganda xorijiy va xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar resurslarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish korxonalari va tashkilotlarini belgilangan tartibda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxonalar va tashkilotlarning tekshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hujjatlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) korxonalarda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning namunalarini belgilangan tartibda olish, tekshirib koʻrish uchun ularning laboratoriyalaridan foydalanish va zarurat boʻlganda tekshirish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun korxonalar mutaxassislarini jalb etish, zarurat boʻlganda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar namunalarini qoʻshimcha ravishda tekshirish uchun tegishli laboratoriyalarga joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) zarurat boʻlganda avtomobil va temir yoʻl transportidan tushirilayotgan va ularga yuklanayotgan paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar turkumlarini paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari bilan birgalikda nazorat qilish tartibida ogʻirligini tortib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) paxta chigiti va mahsulotlar qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi asosli ravishda shubha tugʻdirgan taqdirda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar resurslari qoldiqlarini qayta tortib koʻrgan yoki standart massaga oʻralgan mahsulotni qayta sanab chiqqan holda navbatdan tashqari xatlov oʻtkazilishini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning saqlash uchun yaroqsiz idishlarda saqlanishini taqiqlash, texnologiya va sanitariya rejimlari qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda ayrim ishlab chiqarishlar, sexlar va korxonalar ishini ushbu qoida buzishlar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib qoʻyish, shuningdek normativ va texnik hujjatlar talablariga javob bermaydigan paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni muayyan maqsadda sotishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, birlashmalarga va boshqa tovar ishlab chiqaruvchilarga paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sifatini baholash boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida boshqa xizmat turlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) mehnatga haq toʻlash, uni tashkil etish va normalash shakllari va tizimini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) bank va tijorat kreditlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) respublikada va chet ellarda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan bitishuvlarni va boshqa yuridik hujjatlarni tuzish va ishlarni roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan binolar qurish, sotib olish, oʻzgaga berish, ijaraga olish, kiraga olish va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) respublikada va chet ellarda mustaqil ravishda yoki mamlakatimizdagi yoki xorijiy sheriklar bilan pay asosida filiallar, boʻlimlar, vakolatxonalar va shu kabilarni taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) korxona va tashkilotlarga, ularning ishlab chiqarish binolariga, omborlariga kirish hamda sinash, sertifikatlash yoki sifatning standartlarga va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat (inspeksiya) qilish uchun tegishli paxta mahsuloti namunalarini tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) korxonalar va tashkilotlardan xomashyo, paxta tolasi va chigiti sifati masalalari boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) paxta mahsulotini standartlash va sertifikatlash masalalarini hal etish uchun mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t) paxta tolasi va chigiti sifatini tekshirish natijalari boʻyicha hujjatlar tuzish hamda tegishli korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga amaldagi standartlar buzilishining aniqlangan hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u) respublikada va chet elda “nou-xau” hamda paxta mahsulotini standartlash, sertifikatlash va sifatini nazorat qilish boʻyicha boshqa ilmiy yutuqlarni belgilangan tartibda sotib olish va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markazga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor maqomiga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi, uning uch nafar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi, ular maqomiga koʻra vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi ayni vaqtda “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktorining oʻrinbosari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Markaz tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Markaz faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Markaz markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, uning shtat jadvalini, shuningdek Markazning markaziy apparati va uning mintaqaviy sinov laboratoriyalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning markaziy apparati va uning boʻlinmalari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markazda 9 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi, hayʼatning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hayʼati Markaz faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Markaz tarkibiy va mintaqaviy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Markazning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Bosh direktor bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda bosh direktor oʻz qarorini amalga oshiradi. Bosh direktor paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markazni tugatish yoki qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 140-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda)