01.12.2021 yildagi 724-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, pirotexnika vositalarining muomalasi sohasida davlat nazoratini oʻrnatish, ularning noqonuniy aylanishining oldini olish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini saqlash, shuningdek, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini (sanoat maqsadida foydalaniladigan pirotexnika buyumlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanish Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlari roʻyxatiga kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yaratilishi, ishlab chiqarilishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, tashilishi, realizatsiya qilinishi, sotib olinishi, saqlanishi va foydalanilishi taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlari (xavflilikning III — V klasslari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mushakbozlik tashkil etilishi koʻrsatilgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi asosida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga ruxsat beriladi, sanoat maqsadida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarining (xavflilikning III — V klasslari) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan olib kirilishi va foydalanilishi uchun litsenziya va ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda pirotexnika buyumlarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, shuningdek, aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini (xavflilikning III — V klasslari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
724-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 09/21/724/1118-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)