01.12.2021 yildagi 724-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.12.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, pirotexnika vositalarining muomalasi sohasida davlat nazoratini oʻrnatish, ularning noqonuniy aylanishining oldini olish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini saqlash, shuningdek, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini (sanoat maqsadida foydalaniladigan pirotexnika buyumlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanish Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlari roʻyxatiga kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yaratilishi, ishlab chiqarilishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, tashilishi, realizatsiya qilinishi, sotib olinishi, saqlanishi va foydalanilishi taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlari (xavflilikning III — V klasslari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mushakbozlik tashkil etilishi koʻrsatilgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi asosida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga ruxsat beriladi, sanoat maqsadida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarining (xavflilikning III — V klasslari) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan olib kirilishi va foydalanilishi uchun litsenziya va ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda pirotexnika buyumlarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, shuningdek, aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini (xavflilikning III — V klasslari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 52-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
724-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-dekabrdagi 724-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Quyidagilar boʻyicha faoliyat litsenziyalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavflilikning I, III — V klasslariga tegishli pirotexnika buyumlarini (keyingi oʻrinlarda — pirotexnika buyumlari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maishiy maqsaddagi pirotexnika buyumlari (xavflilikning I klassi) tayyorlovchining yoʻriqnomasi talablariga rioya qilish sharti bilan yakka tartibda foydalanish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan erkin sotib olinishi, tashilishi, saqlanishi va foydalanilishi mumkin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jismoniy shaxslarga pirotexnika buyumlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik, maishiy maqsaddagi pirotexnika buyumlari (xavflilikning I klassi) bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mushakbozlik tashkil etilishi koʻrsatilgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi asosida belgilangan miqdorlarda foydalanish, sanoat maqsadida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi tegishlicha toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Ushbu Nizom qoidalari harbiy, shuningdek, maishiy maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning I klassi) foydalanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq beriladigan ommaviy tadbirni oʻtkazishga doir ruxsatnoma boʻyicha ommaviy tadbir dasturi asosida amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 09/21/724/1118-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)