Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qarori)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-noyabr,
721-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyat koʻrsatadigan va yer ajratib berish loyihasini tuzadigan “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti va uning hududiy boʻlinmalari, Qurilish vazirligi qurilish boʻlim (boshqarma)lari tomonidan baholash tashkilotini jalb etgan holda yer uchastkasini tanlash bosqichida aniqlanadi”;
b) 37-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vaqtincha berilgan yerni qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yaroqli holatga keltirish maqsadga muvofiq boʻlmagan yoki buzilgan yerlar qishloq xoʻjaligidan boshqa sohada foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladigan tarzda tuproq qatlami buzilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori toʻliq hajmda qoplanadi”;
v) 48-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Oʻzbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti “Oʻzdaverloyiha”” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 42-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek davlat yer tuzish ilmiy-loyiha instituti “Oʻzdaverloyiha”” soʻzlari ““Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining rus tilida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-avgustdagi 287-son qaroriga ilovaning 7-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) imet maksimalnuyu vzletnuyu massu ne boleye 25 kg, za isklyucheniyem bespilotnix letatelnix apparatov, prednaznachennix dlya agrotexnicheskix meropriyatiy v selskom xozyaystve, maksimalnaya vzletnaya massa kotorix ne doljna previshat 100 kg”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“istisno tariqasida, xodim arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisida vazir yoki vazirlik tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbarining roziligi asosida quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam toʻlab beriladi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 116-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“116. Yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan 15 kun ichida amalga oshiriladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Agentlik tizimi Agentlik markaziy apparatidan iborat.
“Agroservis operator” DUKning faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi”.
b) 11-bandning “j” kichik bandidagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 12-bandning oltinchi xatboshidagi “shu jumladan Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti moddiy-texnika bazasini shakllantirish va rivojlantirishga jalb etish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 18-bandning yigirmanchi xatboshidagi “, Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori va uning oʻrinbosarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, institutning ilmiy-tajriba stansiyalari direktorlarini lavozimga tayinlashni kelishish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-banddagi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 7-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlik markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar), tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari);
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi;
Toshkent davlat agrar universiteti;
Urugʻchilikni rivojlantirish markazi;
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi;
Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi;
“Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi;
“Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi;
“Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi;
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi;
“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati va tahlil markazi” davlat unitar korxonasi;
“Agroservis operator” davlat unitar korxonasi;
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti”;
b) 32-bandning birinchi xatboshidagi “toʻrt” soʻzi “olti” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 33-banddagi “Vazirlik huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 36 va 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari ochiq mustaqil tanlov asosida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi, bunda viloyatlar hokimlari va ularning tegishli oʻrinbosarlari tanlov komissiyasi tarkibiga kiritiladi.
37. Tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari boshliqlari ochiq mustaqil tanlov asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi, bunda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosarlaridan biri tanlov komissiyasi tarkibiga kiritiladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-bandning “e” kichik bandi chiqarib tashlansin;
b) 12-bandda:
“e” kichik band chiqarib tashlansin;
“y” kichik bandning uchinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi yerlaridan nooqilona foydalanish va ularni qoʻriqlash” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-banddagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
12-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “Oʻzdavergeodezkadastr” qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-band, 30-bandning oʻninchi xatboshi, 37-band, 60-bandning oʻn uchinchi xatboshi hamda 73-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzdavergeodezkadastr” qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilardagi “Oʻzdavergeodezkadastr” qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash
SXEMASI
SXEMASI
1. Suv obyektlari suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash uchun taqdimnoma (xulosa) olinadi.
2. Loyihani ishlab chiqish uchun texnik topshiriq tayyorlanadi va kelishilgan holda tasdiqlanadi.
3. Loyiha tashkiloti bilan suv obyektlari suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha belgilangan tartibda shartnoma imzolanadi.
Loyiha tashkiloti tomonidan texnik topshiriq va mazkur nizom asosida loyiha ishlab chiqiladi.
4. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha loyiha belgilangan tartibda manfaatdor idora va tashkilotlardan ekspertizadan oʻtkaziladi.
5. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha takliflar tayyorlanadi hamda belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Takliflar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oʻrganib chiqiladi va suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
6. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha qaror ijro uchun buyurtmachilarga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
7. Transchegaraviy, viloyatlararo va alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlari suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha takliflar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
8. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va qabul qilingan qaror ijro uchun buyurtmachilarga va manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboriladi.
9. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining chegaralari (hududlari) belgilangan tartibda joyida (naturada) belgilanadi va ajratiladi.
Buyurtmachilar va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tegishli muhofaza ishlari amalga oshiriladi.”.
v) 2-ilovaning 2 — 9 pozitsiyalari “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-bandning ikkinchi xatboshidagi “yer va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davergedeozkadastr” qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qarorida:
a) 3-ilovada:
14 va 15-pozitsiyalarning “Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi”;
17-pozitsiyaning “Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-park, “Oʻzbekkosmos” agentligi”;
b) 6-ilovada:
1-pozitsiyaning “Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi, IT-park, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi”;
4-pozitsiyaning “Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandda:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 18-bandning 25-kichik bandidagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti direktori” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)