Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SIL KASALLIGIGA QARSHI KURASHISH VA AYOLLARNING REPRODUKTIV SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH UCHUN GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATI TOMONIDAN QOʻSHIMCHA RAVISHDA BERILAYOTGAN GRANTLARNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sil kasalligiga qarshi kurashish va ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish uchun Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati tomonidan qoʻshimcha ravishda berilayotgan grantlardan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston—Germaniya moliyaviy hamkorligi doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “KfW” banki (Germaniya) oʻrtasida 2002-yil 17-iyulda tuzilgan Moliyaviy taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilayotgan “Sil kasalligiga qarshi kurashish—II” joriy loyihasiga qoʻshimcha ravishda, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida “Sil kasalligiga qarshi kurashish—III” dasturini amalga oshirish uchun 2,5 mln. yevro miqdorida grant ajratilganligi;
Oʻzbekiston—Germaniya moliyaviy hamkorligi doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “KfW” banki (Germaniya) oʻrtasida 2002-yil 10-sentabrda tuzilgan Moliyaviy taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida “Reproduktiv salomatlikka koʻmaklashish—II” dasturini amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 2,5 mln yevro miqdorida grant ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
koʻrsatib oʻtilgan grantlarni olish bilan bogʻliq barcha tartibotlarni Germaniya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish hamda sil kasalligiga qarshi kurashish va ayollarning reproduktiv, salomatligini muhofaza qilish uchun ajratilayotgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy ekspertlar va konsultantlarni jalb etish, “KfW” banki bilan “Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda “Reproduktiv salomatlikka koʻmaklashish — II” dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomalarni moliyaviy hamkorlikning belgilangan tartibotlariga muvofiq tayyorlash va imzolash masalalarini hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuklansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
“KfW” banki bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha barcha shartlarning bajarilishini hamda ilovaga muvofiq “Sil kasalligiga qarshi kurashish—III” va “Reproduktiv salomatlikka koʻmaklashish — II” dasturlarining amalga oshirilishini taʼminlasin;
“Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda “Reproduktiv salomatlikka koʻmaklashish — II” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha xarid qilinadigan dori-darmonlar, preparatlar va asbob-anjomlar, transport vositalari roʻyxatini moliyaviy mablagʻlar berilishi boʻyicha rasmiy tartibotlar tugallangandan keyin bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan grantlar doirasida dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya asbob-anjomlari, boshqa tovarlarni xarid qilish tender asosida, belgilangan moliyaviy hamkorlik tartibotlariga muvofiq amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Koʻrsatib oʻtilgan grantlar doirasida xarid qilinadigan nooziq-ovqat tovarlar, tovarlar va asbob-anjomlar, “Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda “Reproduktiv salomatlikka koʻmaklashish — II” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha xarid qilinadigan dori-darmonlar, preparatlar va asbob-anjomlar, transport vositalari roʻyxatiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlashdan va import boʻyicha yigʻimlardan ozod qilinsin.
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan grantlar doirasida olinadigan dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya asbob-anjomlari, sarflanadigan materiallarni yuklash-tushirish ishlarini va toʻplashni ularni aeroportda saqlashning butun davrida toʻlov undirmasdan tashkil etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalariga binoan, “Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda “Reproduktiv salomatlikka koʻmaklashish — II” dasturlarini amalga oshirishda, qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda "Reproduktiv salomatlikka koʻmaklashish — II” dasturlarini amalga oshirish uchun yuqorida koʻrsatib oʻtilgan grantlar doirasida olinadigan dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya asbob-anjomlari, sarflanadigan materiallarni qabul qilib olish, toʻplash, yetkazib berish, taqsimlashni va ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 24-dekabr,
449-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-dekabrdagi 449-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sogʻliqni saqlash sohasida “KfW” banki grantlari boʻyicha ajratiladigan qoʻshimcha mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar
ROʻYXATI
ROʻYXATI
|
T/r |
Loyihaning nomi va turi |
Mablagʻ bilan taʼminlash manbai |
Xarajatlar miqdori (mln. yevro) |
Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi maʼmuriy hududlar |
Bajarish muddati | ||||||||||
| 1. | “Sil kasalligiga qarshi kurashish—III” — tender asosida, dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya asbob-anjomlari, transport vositalari sotib olish | “KfW” banki (Germaniya) granti | 2,5 | Andijon, Namangan va Farroia viloyatlari | 2002—2004-yillar | ||||||||||
| 2. | “Reproduktiv salomatlikka koʻmaklashish—II”— tender asosida zamonaviy kontratseptiv vositalar, oʻquv va axborot materiallari, tashkiliy texnika sotib olish | “KfW” banki (Germaniya) granti | 2,5 | Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari | 2002—2004-yillar | ||||||||||