Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3105-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-son “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3105, 2018-yil 21-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2018-y., 10/18/3105/2363-son);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-sentabrdagi 97-son “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3105-1, 2019-yil 30-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/3105-1/3838-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston auditorlar palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-noyabr,
67-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston auditorlar palatasi ijrochi direktori F. RAShIDOV
2021-yil 22-oktabr
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi J. MIRZAYEV
2021-yil 13-oktabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3105-2/1071-son)