18.11.2021 yildagi PQ-18-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlardan aholining xabardorlik darajasini kengaytirish, shuningdek, hudud tarixi, urf-odat va anʼanalari, boy tabiati va turizm salohiyatini keng targʻib etish hamda mintaqada taʼsirchan media makon yaratishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali — “Nurafshon TV” (keyingi oʻrinlarda — Toshkent viloyati teleradiokanali) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Toshkent viloyati teleradiokanalining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy hayotida roʻy berayotgan islohotlar, farovonlik, taraqqiyot va bunyodkorlik yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida aholini muntazam xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda islohotlarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan omillarni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyati yuzasidan samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularda qatʼiy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan samarali foydalanish masalalarini tele- va radiodastur orqali yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning tarixi, madaniyati, sanʼati, adabiyoti va urf-odatlari, boy tabiati, soʻlim goʻshalari va turizm salohiyatini aks ettiruvchi, ularni oʻrganish, asrab-avaylash va keng targʻib qilishga yoʻnaltirilgan koʻrsatuv va eshittirishlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining intellektual va madaniy saviyasini oshirish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlar va oʻsib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va nodavlat teleradiokompaniyalar, axborot agentliklari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish boʻyicha samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanali davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanali oʻz tele- va radiodasturlari bilan kechayu kunduz uzluksiz ravishda efirga chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanali xodimlarining cheklangan shtatlari soni 69 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 4 nafardan iborat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanalining tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi tegishli tashkilotlarning tuzilmasini maqbullashtirish va mavjud shtatlarni qisqartirish hisobiga tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanali tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanali xodimlariga Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida faoliyat yuritayotgan teleradiokanallar xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shart-sharoitlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent viloyati maʼmuriy markazi — Nurafshon shahrida Toshkent viloyati teleradiokanali uchun kompleks bino (keyingi oʻrinlarda — Obyekt) qurishga 1,3 gektar yer maydoni ajratilganligi hamda qurilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari amalga oshirilib, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent viloyati hokimligi (Z.T. Mirzayev) Obyektda qurilish-montaj va uning hududida obodonlashtirish ishlarining sifatli bajarilishini taʼminlasin. Bunda, optik tolali aloqa liniyasi qurishda “Oʻzbektelekom” AK texnik shartlari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) Obyekt boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Toshkent viloyati hokimligi (Z.T. Mirzayev) bilan birgalikda obyekt qurilishini tashkil etish va jadallashtirish, zamonaviy studiya kompleksi va koʻchma televizion stansiya uchun talab etiladigan mablagʻlar 2022–2023-yillar ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Toshkent viloyati teleradiokanalini texnologik jihozlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan import tovarlar — multimedia, radiotelevizion uskunalari, materiallar, dasturiy taʼminot va ehtiyot qismlarni 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toshkent viloyati hokimligi (Z.T. Mirzayev) viloyatda roʻy beradigan kunlik voqea-hodisalarni tezkor yorituvchi va hududda ishlovchi teleradiokanalning ijodiy xodimlariga shart-sharoit yaratsin va ularga vaqtinchalik foydalanish uchun tekin foydalanish huquqi asosida yetarli xonalar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanalini Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tegishli binolarga vaqtincha tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin, zarur boʻlgan birlamchi vositalar bilan jihozlasin va ijodiy-texnik xodimlar ishlashi uchun yetarli sharoit yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanali faoliyati “Toshkent” teleradiokanali efiri bilan parallel ravishda olib borilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanalining imiji, leybli, videolavhalari kabi asosiy taniqlik belgilarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy-texnik guruh tuzgan holda Toshkent viloyati teleradiokanali efirida Toshkent viloyatining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid boʻlgan voqea-hodisalarni yoritib boruvchi asosiy kundalik informatsion dasturni tayyorlab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi radiokanallarning birida Toshkent viloyati bilan bogʻliq boʻlgan voqea va hodisalarni yoritib borish uchun alohida efir vaqti ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Toshkent viloyati teleradiokanalini malakali kadrlar bilan taʼminlash, zaruratga qarab, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) bilan birgalikda 2022–2023-yillar davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanali efir signalini raqamli televideniyening umumiy foydalaniladigan ijtimoiy paketida Toshkent viloyati hududiga toʻliq yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati teleradiokanalining radio yoʻnalishi uchun alohida chastota ajratish va radio faoliyatini olib borish uchun texnik sharoit yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yildan boshlab, Toshkent viloyati teleradiokanali faoliyatini hamda televideniye va radioeshittirish dasturlari signallarini uzatish va tarqatish xizmatlarini moliyalashtirish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ittifoqi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar”, “Navo” va “Kinoteatr” telekanallari ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega boʻlgan kanal sifatida faoliyat koʻrsatishiga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston” teleradiokanalida “Qishloq xoʻjaligi” tahririyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar”, “Navo” va “Kinoteatr” telekanallari tomonidan umum eʼtirof etilgan axloqiy meʼyorlarga rioya qilish, milliy urf-odatlar, tarixiy va maʼnaviy merosni qadrlash, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan televizion dasturlar tayyorlashga eʼtibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B.T. Norqobilov), Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (B.Q. Sharipov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), agrar va oziq-ovqat sohasining boshqa tashkilotlari qishloq xoʻjaligidagi islohotlar, ekin ekish va parvarishlash agrotexnikasi, yer va suvdan oqilona foydalanish, chorvachilik, veterinariya, baliqchilik, pillachilik, parrandachilik, asalarichilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik va issiqxona xoʻjaligi kabi masalalar boʻyicha “Qishloq xoʻjaligi” tahririyati tomonidan teleradiomahsulotlar tayyorlanishi va efirga uzatilishiga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi A.J. Xadjayev hamda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z.T. Mirzayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-18-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 07/21/18/1066-son)