Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining;
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 18-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari oʻz vakolatlari doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur hujjatlar bilan tanishishga haqli”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 262-modda bilan toʻldirilsin:
“262-modda. Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruza (bundan buyon matnda Milliy maʼruza deb yuritiladi) tayyorlaydi, Milliy maʼruza Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Milliy maʼruzani dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinadi.
Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuboriladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 252-modda bilan toʻldirilsin:
“252-modda. Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruza (bundan buyon matnda Milliy maʼruza deb yuritiladi) tayyorlaydi, Milliy maʼruza Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Senat qoʻmitalari Milliy maʼruzani dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinadi.
Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senatning qarori Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuboriladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-iyulda qabul qilingan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-158-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 349-modda) 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan toʻldirilsin:
“231-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining qamoqda saqlash joylariga borishi
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaning sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish uchun oʻz vakolatlari doirasida qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish va zarur hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlariga ularning oʻz vazifalarini bajarishi va tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda, № 10, 674-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi”;
yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 123-modda bilan toʻldirilsin:
“123-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
mamlakatdagi korrupsiya holati tizimli tahlil qilinishini taʼminlaydi, shuningdek korrupsiyaga oid xavf-xatarlar eng yuqori boʻlgan sohalarni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
davlat xaridlari va budjet mablagʻlaridan, xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotni tarqatish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantiradi;
vazirliklar va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 5-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasini koʻrib chiqish”;
beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 82-modda bilan toʻldirilsin:
“82-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasini koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tayyorlanadigan har yilgi Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza (bundan buyon matnda Milliy maʼruza deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Milliy maʼruzani dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining, Senatning majlislarida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinadi.
Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qarorlar qabul qiladi, ularda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuboriladi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 8-modda:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi va uning hududiy kengashlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi (bundan buyon matnda Milliy kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi”;
ikkinchi qismidagi “idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi)” degan soʻzlar “kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Idoralararo komissiyaning” degan soʻzlar “Milliy kengashning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar “kengashlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashning ishchi organidir”;
3) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan toʻldirilsin:
“81-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻz vakolatlari doirasida:
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantiradi va amalga oshiradi;
har yili Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruza tayyorlaydi hamda uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldor boʻlgan qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni, birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro obroʻsiga putur yetkazadigan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi, uning yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
korrupsiyaga oid jinoyatlar tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanishiga erishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi, ushbu tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda korrupsiyaning darajasini, shu jumladan hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimidagi darajasini baholovchi Korrupsiyani idrok etish milliy indeksini tuzishni tashkil etadi;
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisining ISO: 37001 korrupsiyaga qarshi standartni qoʻllashini nazarda tutuvchi talabni belgilaydi;
joylarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi;
vazirliklar va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, davlat organlarining, ommaviy axborot vositalarining, fuqarolik jamiyati institutlarining va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boʻyicha samarali hamkorligini tashkil etadi;
ijro hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
4) 9-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi”;
5) 14-moddaning uchinchi qismidagi “Idoralararo komissiya va hududiy idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar “Milliy kengash va hududiy kengashlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 28-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarni va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida boʻladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning oʻzining, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sogʻligʻiga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zoʻrlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yoʻq qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrishi shart.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarning va ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bu qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarni ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bila turib yolgʻon axborotni xabar qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular bunday huquqbuzarlik uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-420-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 23-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus qabulxonaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari moneliksiz kirishini va ularning xavfsizligini taʼminlashi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
13-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-noyabr,
OʻRQ-729-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)